Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Navro‘zoyim

Navro‘zoyim sochin tarar

Go‘zallikning ayvonida.

Bahor ko‘rib kulib turar,

Gul-u chechak, rayhonida.

Navro‘zoyim sepin yoyar,

Kelinchakdek o‘lkamizga.

Shamollari qoqib qo‘yar,

Omon bo‘l, deb yelkamizga.

Navro‘zoyim saxiy mezbon,

Nemat to‘kar dasturxonga.

Ko‘katlari tanga darmon,

Xush yoqadi har mehmonga.

Navro‘zoyim ilhom berar,

Bulbulning shod ovoziga.

Moviy osmon bag‘rin ochar,

Turnalarning parvoziga.

Navro‘zoyim jilva aylab,

Barchamizni to‘yga chorlar.

Kamalakning jilosidek,

Chehramizda kulgu porlar.

 

Rustambek TUROPOV,

Toshkent viloyati

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.