- Rukn: Sheʼrlar
- 3848 marta ko‘rilgan
Sohibqiron
Sohibqiron boqadi xushhol
Adolatni qalbga muhrlab.
Qudratiga butun dunyo lol –
Obidalar qo‘yar sehrlab.
Shahd-shiddatli jahongir Temur
Jasorati tillarda doston.
Mag‘lubiyat bilmagan yovqur,
Pir jilovdor bo‘lgandir har on.
Maftun etdi dunyo nigohin
Obod yurtda yashnagan bog‘lar.
Taratibon segoh-dugohin,
Ipak yo‘lin shu zamin bog‘lar.
Buyuk davlat sohibi Amir,
Ma’rifatga bo‘ldi rahnamo.
Tuzuk tuzib sarkarda Temur,
Avlodlarga yo‘lladi noma.
Faxr etarmiz g‘urur-la mangu,
Sohibqiron avlodimiz biz.
Voris bo‘lmoq ulug‘ sharaf bu –
Tengsiz zamin farzandimiz biz.
Dunyo bo‘ylab oldga intilar
Munosib har qiz-o‘g‘lonlaring.
Yurt bayrog‘in yuksakda tutar
Bahodir, mard pahlavonlaring.
Dilafro‘z CHORIYEVA