Jahon maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar
- Rossiyada birinchi maktabni Petr I tashkil qilgan. Unda faqat o‘g‘il bolalar o‘qishardi.
- Amerika o‘quvchilari birinchi sinfda dars boshlashdan oldin, vatanimga sodiqman, deb qasamyod qilishadi.
- Chexiyada eng yomon baho – “5”, a’lo baho – “1” ekan.
- Norvegiyada o‘quvchilar 8-sinfgacha baholanmas ekan.
- Hindistonda bolalar 4 yoshdan maktabga borishadi.
- Hindiston maktablari eng ko‘p o‘quvchilarni bag‘riga olishi bilan mashhur. Ayrim maktablarida o‘quvchilar soni 28 mingtagacha yetadi.
- Fin maktablarida dars o‘tishda o‘qituvchiga yordamchi ham qatnashadi.
- Xitoy maktablarida dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi-yu o‘quvchi birgalikda badantarbiya qilishga majbur.
- Yaponiyada o‘quv yili Sakura gullagan paytdan boshlanadi.
- Yapon maktablarida oshxona bo‘lmaydi.
- Yapon maktablarida ruchka o‘rniga qalam ishlatiladi.
- Yapon maktablarida umuman “ikkichi” o‘quvchilar bo‘lmaydi.
- Finlandiyada har qanday ob-havoda ham o‘quvchilar tanaffusda sinfdan tashqariga chiqishga majbur.
- Kuba maktablarida o‘quvchilar qishloq xo‘jalik ishlariga o‘rgatiladi.
- O‘quvchilarga forma kiydirish birinchi bo‘lib Buyuk Britaniyada o‘ylab topilgan.
BARNO tayyorladi.