Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Shoh va shoir” boshqotirmasi

CHAYNVORD 1. Qomusiy avtobiografik asar. 2. Bobur Hindistonda poytaxt shaharga aylantirib, obod etgan maskan. 3. “Bobur” videofilmida bosh qahramon obrazini yaratgan aktyor. 4. Bobur muqaddas va aziz deb bilgan ona diyor. 5. She’riyat janri majmui. 6. Ijod sohibining she’riy risolasi. 7. Bobur qo‘shinidagi harbiy xizmatchi. 8. To‘rt misradan iborat, mustaqil she’r. 9. Voqea-hodisalar davrlari bo‘yicha qayd etilgan manba. 10. Boburning nabirasi, Hindiston hukmdori. 11. Hisob ilmining o‘tmishdagi atamasi. 12. Boburning Hindistonda olib borgan yurishlarida ilk bor qo‘llanilgan harbiy qurol. 13. O‘rta asr sharqidagi birinchi tarixchi olima. 14. Shoirning aruzga bag‘ishlangan asari. 15. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanidagi Tohirning sevgilisi. 16. Bobur tavallud topgan shahar. 17. Maktub tarzida yozilgan she’riy asar. 18. She’riy vazn.

KRIPTOGRAMMA. Kalit so‘zlar: 1. Boburiylar davlati sulolasiga asos solingan mamlakat – 16,1, 12,4, 1,20,7, 8,12.

  1. Boburning farzandi, zamonasining yetuk shoiri – 19,8, 15,5, 8,12.
  2. Xalqaro Bobur jamg‘armasi rahbari, andijonlik tabiatshunos olim – 15,2, 6,5, 2,9, 8,21.
  3. O‘rta asrlarda shahar hokimi unvoni – 4,8, 5,13,3, 2.
  4. Qadimda shoh saroyida turli marosimlarni o‘tkazish mutasaddisi – 14,6, 1,19,8, 3,2.
  5. Bobur hikmatidan: Bori elga yaxshilig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q,

Kim, 4,14,10,2, 11,18,2, 5 dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘!

  1. Muhim tarixiy voqea va mashhur tarixiy shaxslarga bag‘ishlab yoziladigan asar – 17,2, 20,1, 4,2.

Shakl atrofidagi raqamlarni kalit so‘zlari javoblaridagi mos harflar bilan almashtirish orqali kriptogrammani hal eting. Bunda ulardan alloma ijodkorning ikki misra hikmati, shuningdek, Bobur portretini chizgan atoqli o‘zbek rassomini bilib olasiz.

 

Foziljon ORIPOV tuzdi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.