Mashhurlar qorongʻida koʻradimi?
Koʻpchilik odamlar negadir mushuklar va tungi qushlar (boyoʻgʻli, ukki, koʻrshpalak) qorongʻida yaxshi koʻradi, deb oʻylaydi. Bu notoʻgʻri fikr. Tim qorongʻida mushuklar va tungi qushlar hech narsani koʻrmaydi. Biroq ularning koʻzi birozgina Oy shuʼlasi yoki qayerdandir tushayotgan nim yorugʻlikda ham juda aniq koʻradi. Sababi, ularning koʻz kosasida yorugʻlikni his qiladigan oʻziga xos toʻrparda tayoqchalari hamda nur sezuvchi hujayralar mavjud. Nur sezuvchi hujayralar faqat yorugʻ paytdagina ishlaydi. Bunday hujayralar yordamida biz ham atrofni yaxshi koʻramiz. Kechqurun va ertalabki nim qorongʻilikda esa bu hujayralar harakatlanmaydi. Oqshomlari esa biz toʻrparda tayoqchalari orqali atrofdagi gʻira-shira yorugʻlikni ham ikki baravar koʻproq his qilamiz. Gap shundaki, qorongʻida tungi hayvon va qushlarning koʻzidagi nursezuvchi hujayralar emas, balki oʻziga xos toʻrparda tayoqchalari ishga tushar ekan. Shuning uchun ham mushuklar va tungi qushlarning koʻzi nimqorongʻida ham yaxshi koʻra oladi.