Zakovat sayyorasi
1. AQSH hukumati uni qirqinchi shtat sifatida o‘z mamlakatiga qo‘shib olmoqchi edi. Ular bu hududga ilg‘or texnologiyalarni joylashtirmoqchi va rivojlantirmoqchi bo‘lgan edi. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra, bunga erisha olmadilar. Bu qaysi joy edi?
2. O‘rta asr hind hakimlari o‘zi yemay, birovga ham bermay, bir dunyo xazina to‘plagan baxil kishilarni “eng saxiy” kishilar deb atashgan ekan. Nega ular baxil kishilarni “eng saxiy kishilar” deb atashgan?
3. 1931- yili Chandra Rahmat Ali mana shu nomni ozining davlatiga qoyishni taklif qildi va davlatga aynan shu nom qo‘yildi. Bu nom “Yuragi toza insonlar yashaydigan makon” degan ma’noni bildirar ekan. Bu davlat nomini toping.
4. Odamzod o‘rgimchakdan osma ko‘prik qurishni o‘rgandi. Mushukka qarab diafragmani, nurni qaytarishni bilib oldi. Diqqat, savol: odamzod ilonga qarab nimani yaratdi?