“Matematika” boshqotirmasi
CHAYNKROSSVORD 1. Aylanasimon geometrik jism. 2. Tomonlari teng, burchaklari toʻgʻri boʻlmagan parallelogramm. 3. Eng kichik butun son. 4. Ildiz chiqarish amali belgisi. 5. Muayyan sonni darajaga koʻtarganda berilgan sonni hosil qiladigan daraja koʻrsatkichi. 6. Uchburchak tomonidan qarshisidagi burchak tomonining oʻrtasiga tushirilgan toʻgʻri chiziq. 7. Masalani yechishning matematik amallari majmui. 8. Eng kam miqdor. 9. Hisoblash mumkin boʻlgan narsalarning soni. 10. Aylanani markazi bilan birlashtiruvchi chiziq. 11. Trigonometrik funksiya. 12. Vaqt oʻlchovi. 13. Erkin oʻzgaruvchi miqdor. 14. Vazn oʻlchovi. 15. Arab harflari asosidagi hisob. 16. Matematik belgi, yunon harfi. 17. Yopiq egri chiziq. 18. Matematika boʻlimi. 19. Yunon harfi, belgi. 20. Burchakning toʻgʻriligini aniqlash asbobi. 21. Trigonometrik funksiya. 22. Oʻzbek matematik olimi, akademik. 23. Aylananing ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma. 24. Uzunligi radiusiga teng boʻlgan yoyga mos markaziy burchak. 25. Miqdorning yoʻqligini ifodalovchi raqam. 26. Differensial hisob va integral hisob kashfiyotchisi, nemis olimi. 27. Vaqt birligi. 28. Juftning aksi. 29. Toʻrt amaldan biri.
Oʻqing-chi: Shaklning ichki qismidagi aylanalardan bosh harfni topib maʼlum tartibda oʻqish bilan buyuk matematik, qomusiy alloma vatandoshimiz Al-Xorazmiyning nodir asari nomini bilib oling.
Topshiriq: Shakl atrofidagi kataklarda Oʻzbekistonning matematika faniga muhim hissa qoʻshgan toʻrt nafar olimning familiyasi yashiringan. Ularni bosh va soʻnggi harflari orqali toping-chi!
Foziljon ORIPOV tuzdi.