Qovoq yostiq
“Qovoq sayli”miz davom etadi. Endi sizlar bilan turli matolardan qovoq yostiqcha yasaymiz.
Bu juda ham oson, koʻp mehnat talab qilinmaydi. Bu yostiqchada siz ignalaringizni saqlashingiz mumkin.
Kerakli asboblar
Rangli matolar (sariq, olov rang, qizgʻish, yashil), qalin oʻram ip, qaychi, igna, sitefon, ip yoki paxta.
1. Ishni boshlashdan oldin yostiqcha shaklini tanlab oling. Shunga qarab mato hajmini olasiz.
2. Matoni tekislab, xohishingizga qarab doira shaklini kesib olasiz.
3. Igna, ip yordamida kesib olingan matoni gir aylantirib mayda chokda tikib, ipni biroz tortasiz, shunda qopcha hosil boʻladi. Sitefon bilan qopchaning ichini toʻldirib, burmalarini bir tekisda tortgach, birlashtirib tikib olamiz.
4. Qalin oʻram ip yordamida qovoq shaklini berish uchun rasmda koʻrsatilganidek aylantirib chiqasiz.
5. Shoxchasini ham shu oʻram ip yordamida yasab tikib qoʻyasiz. Yostiqchaga didingizga qarab bezaklar berasiz.
Bu koʻrinishdagi yostiqchalarni har xil rangda va uslubda tayyorlashingiz mumkin. Eng asosiysi, oʻz qoʻlingiz bilan yasaganingiz.
Sahifalarni Hilola tayyorladi