Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Zakovat savollari

1. Hammamiz ovqatga yodlangan osh tuzi ishlatamiz. Chunki yod elementi organizmda boʻqoq kasalligi rivojlanishining oldini oladi. Nega yodni aynan tuzga solamiz, degan savolga, albatta, tuzni har kuni isteʼmol qilamiz, deb javob beramiz.

Savol: Nega yodni suv yoki nonga qoʻshmaymiz, axir ularni ham har kuni isteʼmol qilamiz-ku? Yordam: Yodning xossalarini eslang.

2. Bodom, oʻrik daraxtlari erta bahorda birinchi boʻlib gullaydi. Ularning guli oʻz-oʻzidan va chetdan changlanadi. Baʼzi yillari yanvar oyining oxiri, fevralning boshlarida havo issiq kelib qolsa erta uygʻonadi. Biroq shu yili ular juda kam hosil beradi.

Savol: Nega juda erta gullagan daraxtlarning hosili kam boʻladi?

3. U Jeyms Kukda kichkina, Arnold Shvarsnegrda katta, Madonna va Kleopatrada umuman yoʻq. Rim papasida bor. Lekin uni ishlatmaydi.

Savol: Gap nima haqida ketyapti?

4. Amir Temur bobomiz “Jang payti ularning oʻrni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning oʻrnini bosa olmaydi”, deb aytganlar.

Savol: Sohibqiron bu taʼrifni kimlarga bergan?

5. Antiqa savol: 1-b, 2-i, 3-u, 4-t, 5-b. Siz qolgan beshtasini yozib bering.

6. X bu Oʻrta Osiyodagi oʻz davlatining sharqida joylashgan shahar. Shahar nomi tarjima qilinganda “tuz koni” degan maʼnoni beradi.

Savol: Bu qaysi shahar?

 

10-son zakovat savollari javobi:

Chunki u soxta guvohnoma boʻlgan. Unga:

“Tugʻilgan shaxs: Mark Tven

Tugʻilgan yil: 1835-yil 10-noyabr

Tugʻilgan joy: Florida (Missuri AQSH)”, – deb yozilgan edi. Bilamizki, Mark Tven bu yozuvchining taxallusi boʻlgan. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomada taxallus emas asl ismi yozilgan boʻlishi kerak edi. Mark Tvenning asl ismi Samyuel Klemens boʻlgan. Sherlok Xolms

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.