Topishmoqlar
Kim osibdi yerga tushmas,
Kim yoqibdi sira o‘chmas?
Besh do‘stim bor teng emas,
Ish buyursam yo‘q demas.
To‘n olibdi do‘kondan,
Gazlamasi tikondan.
So‘ng yecholmay bechora,
Rosa bo‘ldi ovora.
Qo‘ng‘iroq soat chiqdi,
Sifati a’lo chiqdi.
Meni savodsiz deya,
O‘rnimga ega chiqdi.
Uni birov quvlamas,
Birov kutmas bo‘lib zor.
Tun-kun yelib yugurar,
Orom bilmas, u bedor.
Hidoyat OLIMOVA