Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Krossvord 2017-10-son

baliq

 

KROSSVORD Eniga: 4. Janubiy Amerika tuyasi. 6. Baroq dumli o‘rmon kemiruvchisi. 8. Yirik dengiz yirtqichi. 12. Markaziy Amerikada tarqalgan itlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi. 14. Dashtliklarda yashovchi kamyob kiyik turi. 15. Tanasi kosasimon sudralib yuruvchi. 16. Chorvachilikda boqiladigan jonivor. 17. Kemiruvchi zararkunanda. 19. Uy hayvoni. 21. “Ayyor” ta’rifini olgan yirtqich. 22. Ish-ulov jonivori. 23. Uy qo‘riqchisi. 24. Go‘shti va juni uchun boqiladigan jonivor.

Bo‘yiga: 1. O‘rta Osiyoda yashovchi ot zoti. 2. Otdan kichikroq, eshakdan kattaroq cho‘l jonivori. 3. Qimmatbaho mo‘ynasi uchun ovlanadigan sutemizuvchi. 5. Terisi duk shaklli ignalar bilan qoplangan kemiruvchi. 7. Sutemizuvchilar oilasiga mansub kamyob jonivor. 9. To‘qay va cho‘llarda yashovchi eng chopqir yirtqich. 10. Asosan, Avstraliya qit’asida tarqalgan qopchiqli hayvon. 11. Kamyob tog‘ qo‘yi. 13. Buxoro ohusi. 18. Mushuksimonlar oilasiga mansub yoldor yirtqich. 20. Eng yirik sutemizuvchi suv hayvoni. 21. Voyaga yetmagan ot.

CHAYNVORD 1. Ohuning bolasi. 2. Yirik va kuchli yirtqich. 3. O‘limtik bilan oziqlanuvchi, bo‘ynida yoli bor, rangi yashash joyiga moslashgan yirtqich sutemizuvchi. 4. Qalin mo‘ynali, kulrang tusli, yirtqich. 5. Bo‘g‘ma ilonlar oilasiga mansub eng yirik ilon. 6. Cho‘l sharoitiga moslashgan qadimiy ot zoti. 7. Baland tog‘larda yashovchi qoplonga o‘xshash yirtqich. 9. Mushuksimonlarga mansub, tumshug‘i uzun, qulog‘ining uchi qora sutemizuvchi jonivor. 10. Suvsarsimonlar oilasiga mansub, qimmatbaho mo‘ynali hayvon. 11. Afrika savannalarida tarqalgan, tanasi almashinib turuvchi oq va qora chiziqlar bilan qoplangan yovvoyi hayvon. 12. Suvda va quruqlikda yashashga moslashgan jonivorlarga berilgan nom. 13. “Polvon” ta’rifini olgan yirtqich.

TOPSHIRIQ: Shakldagi aylanalarga suvda yashovchi beshta jonivor nomini yozish bilan topshiriqni hal eting.

 

Foziljon ORIPOV tuzdi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.