“Kuz” salati

Kerakli mahsulotlar: qaynatilgan 2 ta tovuq oyog‘i, 200 gramm qovurib olingan qo‘ziqorin, 1 dona piyoz, 2 dona qaynatilgan qizil sabzi, 2 dona tuzlangan bodring, 2 dona sarimsoq bo‘lakchalari, 100 gramm konservalangan jo‘xori, tuz, murch, 200 gramm mayonez yoki qaymoq, 50 gramm karam, oz-ozdan shivit, petrushka.
Tayyorlanishi: tovuq go‘shti va qo‘ziqorinni somoncha shaklida to‘g‘raymiz. Qolgan masalliqlarni to‘rtburchak shaklida kesib olgach, masalliqlarning hammasini bir idishga solib yaxshilab aralashtirib, ziravorlar sepgach, mayonez qo‘shamiz. Salatni ko‘katlar bilan bezaymiz.
HUSNOBOD tayyorladi.