Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shaxmatli pecheniylar

Kerakli mahsulotlar: 500 gramm un, 150 gramm shakar, 1 choy qoshiq tuz, 300 gramm xona haroratida eritilgan sariyog‘, 1 chimdim vanelin, 2 dona tuxum, 50 gramm kakao.

Tayyorlanishi: barcha mahsulotlarni aralashtirib qo‘lga yopishmaydigan qilib xamir qoramiz. Xamirni 2 ga bo‘lib, birinchi bo‘lagiga kakaoni qo‘shib qora xamir tayyorlaymiz. So‘ng ikkala zuvalani ham to‘rtburchak shaklda yoyamiz. Avval oqini, so‘ng qora xamirimizni xuddi shaxmat doskasidek qilib ustma-ust teramiz. Keyin istalgan shakldagi pecheniy qoliplarida kesib olamiz. Gaz pechida 30 daqiqa davomida o‘rtacha olovda pishiramiz.

 

HUSNOBOD tayyorladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.