Shaftoli pirogi
Kerakli masalliqlar: 200 gramm qaymoq, keragicha un, 100 gramm sariyog‘, 100 gramm shakar, 2 osh qoshiq sut, 2 dona tuxum, 2-3 dona shaftoli, ozgina tuz va vanelin.
Tayyorlanishi: sariyog‘, tuz, 1 dona tuxum, sut va un solib xamir qorib olamiz. Zuvalani sellofanga solib 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yamiz. Qaymoqqa shakar, 1 dona tuxum, vanelin solib yaxshilab aralashtirib olib qo‘yamiz. So‘ng xamirni tovaga yoyamiz. Chetlarini ko‘tarib chiqamiz hamda ichiga parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan shaftoli bo‘lakchalarini teramiz. Ustidan tayyor aralashmani quyamiz. Gaz pechimizda 45 daqiqa pishiramiz.
HUSNOBOD tayyorladi.