Kartoshkali “tipratikanchalar”
Kerakli mahsulotlar: 5 dona kartoshka, 300 gramm qiyma, 2 dona piyoz, 2 dona tuxum, tuz, qalampir, 4 bo‘lak sarimsoq donalari, 100 gramm guruch, 100 gramm pishloq.
Tayyorlanishi: qiymaga mayda qilib to‘g‘ralgan piyoz, sarimsoq bo‘lakchalari, qaynatib pishirilgan guruch, tuxum va ta’bga ko‘ra murch, qalampir, tuz qo‘shib aralashtiramiz. Tayyor aralashmadan koptokchalar yasab, gaz patnisiga orasini ochiq-ochiq qoldirib terib chiqamiz. Bo‘sh qolgan yo‘lakchalarni parrak qilib kesilgan kartoshka bo‘laklari bilan to‘ldiramiz. Ustidan qirg‘ichdan chiqazilgan pishloqni sepamiz. Gaz pechida o‘rtacha olovda 1 soat davomida pishirib olamiz.
HUSNOBOD tayyorladi.