“Gulxan”da xanda

***
– Sardor, nega asal bankasiga “qalampir” deb yozib qo‘yding?
– Jim, men chumolilarni chalg‘ityapman.
***
– Umidjon, qara, buvang ketmon chopaverib terlab ketdi, borib yordamlashib yubor.
– Buvamga men emas, sochiq yordam beradi, buvijon.
***
– Sardor, bunaqangi baqir-chaqirlaring bilan meni garang qilib qo‘yasan, o‘g‘lim.
– Ha, endi tushundim buvimning quloqlari nega eshitmasligini!
***
– Buvijon, qarang, rasm chizdim.
– Juda yaxshi. Lekin bu nimaning rasmi?
– Xollarini ko‘rmayapsizmi, jirafa-ku.
– Iye, unda boshi bilan bo‘yni qani?
– Qog‘oz kichkina ekan, sig‘madi.
***
– Buvijon, qarang, “Hayvonot bog‘i”dagi tuyaning rasmini chizdim.
– Iye, uning dumi nega buncha uzun?
– Axir akam, buvim seni tuyaning dumi yerga tekkanda, “Hayvonot bog‘i”ga olib boradilar, degan-ku.