Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2017-yil 9-son

  • Istiqlol bolalari

    Istiqloldan bahra olgan,

    Yurt mehrini dilga solgan,

    Shodlik kuyin baland chalgan

    Biz bolalar, biz bolalar –

    Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.

     

    Chaqin chaqnar ko‘zimizda,

    Olov bor-da ko‘ksimizda,

    Yolg‘on yo‘qdir so‘zimizda,

    Biz bolalar, biz bolalar –

    Quvnoq o‘g‘il-qiz bolalar.

     

    Vatan – ozod,

    ...
  • Qo‘shaloq bayramlar shukuhi

    Jurnalimizning qadrli muxlislari! Avvalo barchangizni mamlakatimiz Mustaqilligining 26 yillik to‘yi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi – “Bilimlar kuni” bilan chin dildan qutlaymiz. 2017–2018-o‘quv yilida yangi yutuq va marralarni zabt etish hammangizga nasib etsin. Biz esa siz erishgan yutuq va muvaffaqiyatlarni jurnalimiz sahifalarida fotosuratlaringiz bilan yoritib borishga ulgurolmay

    ...
  • Vodiylarni yayov kezganda

    13–20-avgust kunlari O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi.

    Ilm-fan, madaniyat va san’at vakillari, shoir va yozuvchilar, tadbirkorlar va sportchilar, taniqli kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari, jurnalistlardan iborat targ‘ibot guruhlari “Yoshlar poyezdi”da muhtasham Angren – Pop temiryo‘li bo‘ylab borar ekan,

    ...
  • Oqlangan ishonch

    O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Mirolim QILICHEV“Jasur”, “Umid”, “Uqubat” filmlaridagi bir-biridan ajoyib rollari bilan sizga yaxshi tanish. U 2014-yili “Shuhrat” medali sohibi bo‘lgan.

     

    Va’da

    1987-yil Buxoro viloyati Romitan tumani Chandir qishlog‘ida tug‘ilganman. Tumanimizdagi

    ...
  • Chin yurtida yetti kun

    Sayr-u sayohatni, dunyo kezib, o‘zi uchun yangi narsalarni kashf etishni kim xohlamaydi, deysiz!

    Atigi bir necha yil oldin “Gulxan”ning sodiq o‘quvchilaridan bo‘lgan, bugun esa tahririyatimizning faol a’zolaridan biriga aylangan Elmurod akangiz (Elmurod Nishonov) ana shunday sarguzashttalab yigitlardan. Bolaligidan yurt kezishni, uning betakror tabiati, beqiyos chiroyidan

    ...
  • Alpinistlar

    Eshagimga

    Mingashib,

    Toqqa chiqdik

    Tirmashib.

     

    Soat naq

    O‘n ikkida,

    Yetdik yuksak

    Cho‘qqiga.

     

    Yaxshi bo‘ldi

    Hammasi,

    Bor-da, bitta

    “Ammo”si.

     

    Eshakmikan,

    Yoki biz,

    Qay birimiz

    Alpinist?

     

    TADBIRKOR

    ...
  • Nima qilay?

    Oyim deydi: – Qo‘y, bolam,

    Pichoq qo‘lni kesadi.

    Dadam deydi: – Qo‘y, o‘g‘lim,

    Bolg‘a panjang ezadi.

     

    Bobom der: – Ketmonni qo‘y,

    Oyog‘ingni chopadi.

    Momom derlar: – O‘ynama,

    Iting o‘jar, qopadi.

     

    Opam, gulni ushlama der,

    Tikani qo‘lga kirar.

    – Kompyuterga tegma, – deb

    Akamlar

    ...
  • Xo‘rozim

    (hikoya)

     

    Mening juda chiroyli xo‘rozim bor. Bo‘yni uzun. Bir quloch qanotini lop-lop qoqib: “qo‘-qari-qo‘-qu” deganida bo‘yni so‘roq belgisiga o‘xshab qiyshayib ketadi. Ovozi juda tiniq. Qichqirayotgan payti bo‘ynining rango-rang momiq patlari to‘lqin-to‘lqin bo‘lib tovlanadi. Biram chiroyli, biram chiroyli. Uning

    ...
  • Mutolaa mehri

    Darslarimiz yakunlanishi bilan men maktab kutubxonasiga chopaman. Kitob o‘qish eng sevimli mashg‘ulotimga aylanib qolgan. Oltinchi soatdan so‘ng yana sevimli kutubxonam tomon yo‘l oldim. U yer har doimgidek o‘quvchilar bilan gavjum. Kimdir ertak kitob qidirgan, kimgadir sarguzasht, yana kimgadir she’riy to‘plamlar kerak. Kutubxonachi Feruza opamiz o‘quvchilarga quvnoq kayfiyat bilan kitob

    ...
  • Puch soatlar

    Esimda, bog‘chada vaqtimizni faqat o‘yinchoqlar o‘ynab o‘tkazganmiz. O‘shanda tezroq bo‘yimiz cho‘zilishini, maktabga borishni orzu qilganmiz. Ammo o‘quvchilik formasini kiygach esa darsga kechikib, o‘qituvchidan dakki eshitib, ba’zilarimizning kundaligimizdan “2”, “3”lar joy ola boshlagach, har qanday orzu, istak uchun mehnat qilish, intilish kerakligini

    ...
  • Toshbag‘ir

    (hikoya)

     

    Kuz kunlarining birida shaharning shovqin-suronli ko‘chalari, ko‘pqavatli uylari, dim havosidan zerikkan uch o‘rtoq atrofi o‘rmon bilan o‘ralgan Soyli qishlog‘idagi bir dehqon hovlisiga joylashishdi. Qishloqning fusunkor tabiati ularni o‘ziga maftun etgan edi.

    Qishloq tog‘ yonbag‘rida

    ...
  • E’tiborli bo‘laylik

    “Kamalak yulduzlari” tanlovidan faxrli o‘rinni olib, avtobusga chiqdim. Oxirgi o‘rindiqqa o‘tirib, onajonimning xursand bo‘lib, erkalab qo‘yishini ko‘z oldimga keltirdim. Bundoq qarasam, bir ayol tik turib ketayotgan ekan. Darrov o‘rnimdan turib salom berdim:

    – Xola, mening joyimga borib o‘tiring, – dedim. U kishi:

    – Rahmat, o‘g‘lim, men tik turib ketaveraman, – dedi. Xijolat

    ...
  • Kitoblarning borligi

    Tilsimin ochar kitob,

    Nurini sochar kitob.

    Kim bilmasvoy, kim dono,

    Zehningni o‘lchar kitob.

     

    Eng bilimdon o‘rtog‘im,

    Ma’rifatning yorlig‘i.

    Etar meni baxtiyor,

    Kitoblarning borligi.

     

    Mastura OMONOVA,

    Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani

    130-maktab

    ...
  • Quyon

    Qorong‘u, qalin o‘rmon,

    Unda yasharkan quyon.

    Sabzi kemirib to‘ymas,

    Bu odatin hech qo‘ymas.

     

    Har tongda sakrab quyon,

    Ko‘z tashlab u yon-bu yon.

    Sabzi, karam qo‘lida,

    Borar o‘rmon yo‘lida.

     

    Shahrizoda ABDURAHMONOVA,

    Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani 35-maktab

  • Olamshumul sayohat

    Tunda charchab oymomo,

    Shirin ovqat pishirar.

    Tekinxo‘r yulduzchalar,

    Uni paqqos tushirar.

     

    Ovqatlari temirdan,

    Hayron qoldim o‘zim ham.

    Mo‘jizami yo ertak?!

    Ishonmaydi ko‘zim ham.

     

    O‘sha g‘aroyib olam,

    Sig‘mas aql-u hushimga.

    Ko‘rganlarimning bari

    Kirgan ekan

    ...
  • Non hidi

    Onam tongda turib,

    Yopdi issiq non.

    Shu payt tandir tomon

    Yo‘l oldim shodon.

     

    Singlim juda chaqqon,

    Yozdi dasturxon.

    Totli nonushtaga

    Keldi qaymoq, non.

     

    Non mo‘tabar, aziz –

    Aziz onam ham.

    Bunday ifor yakka,

    Yo‘qdir bunday ta’m.

     

    Ortiqali

    ...
  • Onamdek beqiyos

    Onajon Vatanim,

    Mening jon-tanim.

    Tuprog‘i oltin, zar,

    Beqiyos o‘lka.

    Onamdek muqaddas,

    Aziz bilganim,

    Ulug‘ manzil ko‘zlab

    Chiqding hur yo‘lga!

     

    Sevinch DILSHODOVA,

    Toshkent viloyati Zangiota tumani

    42-maktab 6-sinf

  • Bodom

    Yesangiz agar bodom,

    Bo‘lasiz tetik, sog‘lom.

    Quvvatdir yurakka ham,

    Aql bo‘lar mustahkam.

     

    Serhosil bodom bog‘i,

    Undan olinar yog‘i.

    Xandon pistaning do‘sti,

    Pishsa ochilar po‘sti.

     

    Alisher ERGASHEV,

    Navoiy viloyati Xatirchi tumani

    73-maktab

  • Orzu

    Onajonim ko‘zlaridan,

    G‘amni yuvib ketsa yomg‘ir.

    Men dadamni chorlash uchun,

    Shamol bo‘lib essam g‘ir-g‘ir.

     

    Dadam kelib qolsa edi,

    Olam nurga to‘lsa edi.

    Yozgan she’rlarimni ko‘rib,

    “Balli qizim”, desa edi.

     

    Oyzoda ABDUSAMIYEVA,

    Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 31-maktab

    ...
  • Yomg‘ir

    Daydi shamol uvillab,

    Jar soldi keng samoga.

    Qo‘rqqanidan bulutlar,

    Yig‘ladi oymomoga.

    Ko‘z yoshlari shashqator,

    To‘kildi daryo bo‘lib.

    Gullar misli chamanzor,

    Yupatdi kulib-kulib.

    G‘ubor ketib yuzidan

    Rosa suvga cho‘mildi,

    Quvib changning galasin,

    Mazza qilib

    ...
  • Shoir bo‘lish uchun

    Orzuim – kelajakda

    Bo‘lmoqchiman zo‘r shoir.

    Hozir she’r yozayapman,

    Har xil mavzuga doir.

    Qofiya topmoq kerak,

    Ohangdosh bir-biriga.

    Mahliyo bo‘lib qoldim,

    She’riyatning siriga.

    Kitoblar chiqar balki,

    Shu yaqin kelajakda.

    Shoir bo‘lish uchun ham

    Yaxshi o‘qish

    ...
  • Kitobjon

    Olib keldi dadam menga,

    “Zumrad-Qimmat” ertagin,

    Xuddi shu kundan boshlab,

    Kitob bo‘ldi ermagim.

     

    “Oltin tarvuz”ni o‘qib,

    Chiqardim zo‘r xulosa.

    Endi mening darsxonam,

    Kitoblarga boy rosa.

     

    Oyshajon JUMABOYEVA,

    Xorazm viloyati Yangiariq tumani

    9-maktab 5-sinf

  • Maqtanchoq

    Maqtanchoq bo‘lma, o‘rtoq,

    Bu odat juda chatoq.

    Manmanlikka berilma,

    Kekkayma hech, kerilma.

     

    Omad sen tomon bo‘lar,

    Yomonlik guli so‘lar.

    Qalbing nurga to‘ladi,

    Do‘stlaring ko‘p bo‘ladi.

     

    Quvonchbek ABDUG‘ANIYEV,

    Buxoro viloyati Shofirkon tumani

    1-maktab 5-sinf

  • “Shimoliy yoz”

    Yurtimizda har faslning o‘ziga xos gashti, sururi bor. Kumush qish oppoq qorlari bilan, go‘zal bahor betakror tarovati bilan yoqimli. Qaynoq fasl yozning sururbaxsh onlari kishiga o‘zgacha zavq bersa, pishiqchiligi bilan nom qozongan saxiy kuzning ham o‘rni bo‘lakcha. Xullas, har onning o‘z qadri, o‘z ahamiyati bor. Fasllarning ketma-ket kelishi biz uchun soat millari kabi yod bo‘lib

    ...
  • Flamingolar qaytmoqda

    Bu qanday qush, deb qiziqayotganligingiz, tabiiy. Flamingo – Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro tashkilotining “yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi Qizil ro‘yxati”ga kiritilgan 24 turdagi qushning bir turi. Yurtimizda bu kabi qushlarning yana 17 turi yashaydi.

    Flamingolar bizning o‘lkaga necha yillardan beri kelmayotgan edi. Nihoyat yaqinda ularning to‘p-to‘p galalarini

    ...
  • Ijtimoiy tarmoqlar xavfi

    Sir emaski, bizni internet olamiga bog‘lab qo‘ygan asosiy vositalardan biri – ijtimoiy tarmoqlardir. Ularning foydasi haqida barchamiz o‘zimizga xos xulosalarga kelganmiz. Ammo biz va atrofdagilarimizga, turmush tarzimizga yetkazayotgan zararlari haqida har doim ham o‘ylab ko‘ravermaymiz.

    Tadqiqotchilar fikricha, ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketgan yoshlar, avvalo, yolg‘izlikka

    ...
  • Milliy megabayram quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi

    O‘zbek xalqi azaldan mehmondo‘st el. Borini dasturxon qilib, shirin kalomi bilan yetti yot begonani ham bahri dilini ochib yuboradigan tanti xalqmiz biz. To‘y-u tantanalarimiz qancha ko‘p odam bo‘lsa, shuncha fayzli kechadi. O‘rtadagi noz-ne’matlardan qancha ko‘p totinsa, mehrimiz, zavqimiz shuncha oshaveradi. Bir so‘z bilan aytganda, dunyoda biror yurt yo‘qki, o‘z rizqini ming bo‘lak qilib

    ...
  • Tog‘dagi hodisa

    (Davomi. Boshi o‘tgan sonda)

     

    Kechasi derazadan yulduzlarga qarab yotarkan, xo‘rligi keldi. Nimaga otasi bilan akasi unga ishonmaydi? Axir Rustam jo‘rasi o‘g‘ri emas-ku? Shu topda uydan chiqib, uzoq-uzoqlarga ketib qolgisi keldi. Qayoqqa borsa ekan? Bobosinikiga borsinmi? Topdi: xayoliga

    ...
  • Payariqning obod maskani

    Tahririyatga kelayotgan maktublar orqali yurtimizning barcha tuman, qishloqlaridagi o‘quvchilar hayoti, iqtidorli bolalarning qo‘lga kiritmayotgan yutuqlari haqida muntazam xabardor bo‘lib turamiz. Yaqinda mana shunday bilimli, zukko o‘quvchilar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi 6-maktabga borganimda sport maydonchasida bir guruh o‘quvchilarni uchratdim. Ular

    ...
  • Ariqbobo nega ranjidi?

    Bir ariqdan toza, tiniq suv oqib kelib, bog‘-u rog‘larni sug‘orar, atrofdagi o‘simliklarga hayot baxsh etarkan. Ammo shu ko‘chada o‘ynaydigan bolalar unga har xil chiqindilarni tashlab iflos qilarkan. Bolalarning ishidan qattiq hafa bo‘lgan ariq Katta Ota ariqqa arz qilibdi. Ota ariq o‘g‘liga boshqa suv bermay qo‘yibdi. Shu suv yo‘lidagi daraxtlar, o‘simliklar va bog‘-u rog‘lar sarg‘ayib

    ...
  • Quralay quvonchlari

    Surxondaryo viloyati Boysun tumanida faoliyat yuritayotgan “Quralay” bolalar folklor-etnografik xalq jamoasi haqida eshitganmisiz? Bu jamoa ishtirok etgan tanlov yoki festival borki, g‘oliblar safida doimo “Quralay” bor. Shu bois raqib jamoalar bellashuv oldidan: “Bo‘ldi, “Quralay” qatnashyaptimi, g‘oliblikka da’vo qilolmaymiz”, deya tan olishadi.

    Shu o‘rinda ushbu jamoa haqida

    ...
  • Havas qiling!

    Dilnavoz Najimova chinakam adabiyot muxlisi. 4-sinfdan boshlab she’r, xabarlari bilan “Gulxan” jurnaliga qatnashib keladi. Mehnatkash, izlanuvchan, yosh ijodkorlardan biri. O‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydi. Shu sababli she’rdan she’rga mahorati oshib bordi. U bugunning bilimdon yoshlari safida, desak xato bo‘lmaydi. Ingliz, rus tillarini chuqur o‘rgandi. Bu yil

    ...
  • English puzzle

    ***

    Girls like it

    It is not ball.

    It has a long hairs

    Oh, it is...

     

    ***

    I like very much bread,

    I have little house.

    Cat doesn’t like me

    I am grey...

     

    ***

    It has long tail,

    It like not hunter’s dogs.

    It is very sly,

    Of course, it is

    ...
  • Dildagi hisob

    Dam olish kuni bo‘lgani uchun Qodirjon bog‘da ishlayotgan hasharchilarga “temir toychog‘i”da dastyorlik qildi. Uning bobosi viloyatdagi mashhur bog‘bonlardan. “Mirishkor” fermer xo‘jaligi rahbari. Bobosi bir vaqtlar agronom bo‘lib ishlagan. Keyin mana shu qirga suv chiqarib uzum navlari olib kelib ekkan. Bu bog‘da har yili tonnalab uzum yetishtiriladi. Bobosining aytishicha, otasi “idora

    ...
  • “Quyoshli” oromgohida

    Men yozgi ta’tilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Quyoshli” sog‘lomlashtirish oromgohida dam olib qaytdim. Bu maskanda o‘tkazgan har bir kunim menga bir olam quvonch bag‘ishladi. Chunki oromgoh tog‘lar bag‘rida joylashgan, havosi toza. Eng avvalo, so‘lim va go‘zal tabiat manzarasini ko‘rib dilim yayradi. Dam olayotganlarning ko‘tarinki kayfiyati va shodligini ko‘rib, ularga qanday

    ...
  • Kalish va muzqaymoq

    Mixail Zoshchenko

     

     

    olaligimdan muzqaymoqni yaxshi ko‘raman. Ko‘chamizda muzqaymoq sotib yurishganda yegim kelganidan boshim aylanib ketardi. Opam Lelya ham muzqaymoqni mendan battar yaxshi ko‘rardi. Biz, katta bo‘lsak, kuniga uch-to‘rt martadan muzqaymoq yeymiz deb, orzu qilardik. Tomog‘imiz ko‘p og‘rigani uchun

    ...
  • Do‘stlarim

    Men yozgi ta’tilni judayam-judayam foydali o‘tkazdim. Negaki, ko‘p do‘stlar orttirdim. Qanday do‘stlar, deysizmi? Do‘stlarimning, ha, barcha do‘stlarimning nomi bitta – kitob. Yoz bo‘yi 50 dan ortiq kitob o‘qidim. “O‘n besh yoshli kapitan”, “Kichkina Shahzoda”, “Sariq devni minib”, “Qaldirg‘och”... bu kitoblardagi voqealar hali ham xayolimda aylanyapti. Yana dadam yordamida Erkin Vohidovning

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    ***

    – Sardor, nega asal bankasiga “qalampir” deb yozib qo‘yding?

    – Jim, men chumolilarni chalg‘ityapman.

     

    ***

    – Umidjon, qara, buvang ketmon chopaverib terlab ketdi, borib yordamlashib yubor.

    – Buvamga men emas, sochiq yordam beradi, buvijon.

     

    ***

    – Sardor, bunaqangi baqir-chaqirlaring bilan meni garang qilib

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.