Olamshumul sayohat
Tunda charchab oymomo,
Shirin ovqat pishirar.
Tekinxo‘r yulduzchalar,
Uni paqqos tushirar.
Ovqatlari temirdan,
Hayron qoldim o‘zim ham.
Mo‘jizami yo ertak?!
Ishonmaydi ko‘zim ham.
O‘sha g‘aroyib olam,
Sig‘mas aql-u hushimga.
Ko‘rganlarimning bari
Kirgan ekan tushimga.
Yoqutxon TO‘LQINOVA,
NamDU qoshidagi 1-akademik litsey o‘quvchisi