Orzu
Onajonim ko‘zlaridan,
G‘amni yuvib ketsa yomg‘ir.
Men dadamni chorlash uchun,
Shamol bo‘lib essam g‘ir-g‘ir.
Dadam kelib qolsa edi,
Olam nurga to‘lsa edi.
Yozgan she’rlarimni ko‘rib,
“Balli qizim”, desa edi.
Oyzoda ABDUSAMIYEVA,
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 31-maktab 4-sinf