Yomg‘ir
Daydi shamol uvillab,
Jar soldi keng samoga.
Qo‘rqqanidan bulutlar,
Yig‘ladi oymomoga.
Ko‘z yoshlari shashqator,
To‘kildi daryo bo‘lib.
Gullar misli chamanzor,
Yupatdi kulib-kulib.
G‘ubor ketib yuzidan
Rosa suvga cho‘mildi,
Quvib changning galasin,
Mazza qilib cho‘mildi.
Mo‘mina QUVVATOVA,
Toshkent shahar Uchtepa tumani 295-maktab 7-sinf