Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shoir bo‘lish uchun

Orzuim – kelajakda

Bo‘lmoqchiman zo‘r shoir.

Hozir she’r yozayapman,

Har xil mavzuga doir.

Qofiya topmoq kerak,

Ohangdosh bir-biriga.

Mahliyo bo‘lib qoldim,

She’riyatning siriga.

Kitoblar chiqar balki,

Shu yaqin kelajakda.

Shoir bo‘lish uchun ham

Yaxshi o‘qish kerak-da!

 

Xolmuhammad MAMAJONOV,

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani

34-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.