Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Alpinistlar

Eshagimga

Mingashib,

Toqqa chiqdik

Tirmashib.

 

Soat naq

O‘n ikkida,

Yetdik yuksak

Cho‘qqiga.

 

Yaxshi bo‘ldi

Hammasi,

Bor-da, bitta

“Ammo”si.

 

Eshakmikan,

Yoki biz,

Qay birimiz

Alpinist?

 

TADBIRKOR MIX

 

Hunarim ko‘p

Har xil tusda,

Qurilishda

O‘zim usta.

 

Kerak bo‘lsa

Etikdo‘zman,

Taqachiga

Yaqin do‘stman.

 

Ishlab-ishlab

Bo‘ldim bilgich.

Qoziq, bigiz,

Kiyimilgich.

 

Zarur bo‘lib

Qolsa, sixman.

Ana shunday

Usta mixman.

 

Xudoyberdi KOMILOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.