Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Do‘stlarim

Men yozgi ta’tilni judayam-judayam foydali o‘tkazdim. Negaki, ko‘p do‘stlar orttirdim. Qanday do‘stlar, deysizmi? Do‘stlarimning, ha, barcha do‘stlarimning nomi bitta – kitob. Yoz bo‘yi 50 dan ortiq kitob o‘qidim. “O‘n besh yoshli kapitan”, “Kichkina Shahzoda”, “Sariq devni minib”, “Qaldirg‘och”... bu kitoblardagi voqealar hali ham xayolimda aylanyapti. Yana dadam yordamida Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonining jaholat haqidagi bobini yodlab oldim.

Aytmoqchi, bu kitoblarning hammasini dadam kitob do‘konidan olib kelganlar. Bolalar adabiyoti kitob haftaligi munosabati bilan kutubxonadagi kitoblar soni yana oshdi. Biz bayramda qatnashdik, bayram tanlovining g‘olibi sifatida menga o‘nta badiiy asar sovg‘a qilishdi.

 

Zilola ALISHEROVA,

Farg‘ona shahridagi 15-maktab o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.