Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Flamingolar qaytmoqda

Bu qanday qush, deb qiziqayotganligingiz, tabiiy. Flamingo – Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro tashkilotining “yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi Qizil ro‘yxati”ga kiritilgan 24 turdagi qushning bir turi. Yurtimizda bu kabi qushlarning yana 17 turi yashaydi.

Flamingolar bizning o‘lkaga necha yillardan beri kelmayotgan edi. Nihoyat yaqinda ularning to‘p-to‘p galalarini Qoraqalpog‘istonning Sudochye ko‘lida uchratishdi. Mo‘ynoq tumani hududida joylashgan mazkur ko‘lda ayni paytda 230 dan ortiq turdagi minglab ko‘chmanchi va doimiy yashovchi qushlar bo‘lib, ularning orasida flamingo qushlari alohida ajralib turibdi.

Ammo bu kabi noyob qushlar hayoti uchun xavf soladigan ba’zi xatarlar hali ham bartaraf etilmagan. Soha xodimlarining bildirishicha, Sudochye ko‘lida flamingo va boshqa kamyob qushlar uchun birinchi xavf – suv tanqisligi. Chunki qushlarning tirikchiligi va ko‘payishi uchun ko‘p miqdordagi suvning ahamiyati juda muhim.

 

Internet manbalari asosida Farhod BEK tayyorladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.