Ijtimoiy tarmoqlar xavfi
Sir emaski, bizni internet olamiga bog‘lab qo‘ygan asosiy vositalardan biri – ijtimoiy tarmoqlardir. Ularning foydasi haqida barchamiz o‘zimizga xos xulosalarga kelganmiz. Ammo biz va atrofdagilarimizga, turmush tarzimizga yetkazayotgan zararlari haqida har doim ham o‘ylab ko‘ravermaymiz.
Tadqiqotchilar fikricha, ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketgan yoshlar, avvalo, yolg‘izlikka mahkum bo‘lisharkan. Chunki imkon qadar virtual do‘stlarni ko‘paytirishga bo‘lgan tinimsiz harakat va asabiylik insonlarni real hayotdan uzib qo‘yadi. Jonli muloqotdan ajralib qolgan odam bora-bora o‘zini yolg‘iz his qila boshlaydi. Bu holatni aniq raqam bilan solishtirib aytish mumkinki, kuniga ikki soatdan ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazuvchi o‘smirlar internetga 30 daqiqadan kam vaqt sarflovchi tengdoshlariga qaraganda yolg‘izlikdan ikki barobar ko‘p aziyat chekishar ekan.
Internet manbalari asosida Farhod BEK tayyorladi.