Yurak qachon dam oladi?
Kattalardan eshitgansiz: yurak tanaga qon haydovchi sifatida 24 soat tinmay ishlaydi. Nafaqat uxlayotganimizda, hatto tush koʻrayotganimizda ham u gup-gup urib turadi. Biz kun boʻyi harakat qilib, tunda hordiq chiqaramiz. Uxlasak toliqqan qoʻl-oyoqlarimiz, koʻzimiz va boshqa tana aʼzolarimiz ham dam oladi. Yurak-chi, u qachon dam oladi? Yurak odatda qisqarib va kengayib ishlaydi. U har qisqarganida 20 soniya tin olib, navbatdagi kengayish uchun kuch yigʻib olar ekan. Shunday qilib 20 soniyaning bir sutkalik yigʻindisi 8 soatni tashkil qilar ekan. Demak, yurak bizga sezdirmasdan kuniga 8 soat dam olar ekan.
Z. HASANOVA tayyorladi