Darvoza taqilladi. Davron joyidan bir qo‘zg‘alib qo‘ydi. Hovli etagida mudrayotgan it ko‘chaga qarab hura boshladi. Davron itni tinchlantirdi. Darvoza ochilib oldin otasi, keyin yuzidan go‘yo nur yog‘ilib turganday oppoq soqolli qariya kirib keldi. Jim jit hovli birdan gurkirab, jonlanib ketganday bo‘ldi...
Davron mehmonga peshvoz chiqib, salom berdi. Qariya qo‘l cho‘zdi.
...