Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ikki rassom, kim yaxshi surat chiza oladi, degan mavzuda bahslashmoqchi boʻlishdi. Diyonatli va oqil bir odamni hakam qilib tayinlashdi. Dastlab ulardan biri chizgan surati yuzidan pardani oldi. Rasmda uzum tasvirlangan edi. Rasm mahorat bilan yorqin ranglarda mohirona tasvirlangan edi. Xuddi shoxda osilib turgan chinakam uzumga oʻxshardi. Shu vaqt bir qush uchib kelib “uzum”ga tumshuq urdi. Soʻngra ikkinchi rassom chizgan suratini koʻrsatdi. Birinchi rassom suratda nima chizilganini bilish maqsadida pardani surdi. Biroq buni qarangki, parda ham surat ekan, qoʻllari qogʻozga urildi.

– Bu bahslashuvning gʻolibi ikkinchi rassom, – dedi hakam tabassum bilan, – negaki birinchi musavvir qushni aldadi, ikkinchi musavvir esa chizgan surati bilan oʻzi singari rassomni ishontira oldi. Shuning uchun yutuq uniki.

 

Fors tilidan

Abdusamad RAHIMOV tarjimasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.