- Rukn: Ertaklar
Bir qishloqda na yozishni, na o‘qishni bilmaydigan savodsiz odam bo‘lgan ekan. U odamlarning kitob yoki gazeta o‘qimoqchi bo‘lsalar ko‘zoynak taqib olishlarini ko‘ribdi-yu, “Agar menda ko‘zoynak bo‘lsa, men ham shu odamlarga o‘xshab o‘qiy olaman. Shaharga tushib o‘zimga ko‘zoynak sotib olishim kerak,” deb o‘ylabdi. Shunday qilib, bir kuni shaharga otlanibdi. Ko‘zoynaklar do‘koniga kirib, do‘kondordan o‘qish uchun ko‘zoynak berishini iltimos qilibdi. Sotuvchi unga turli xil ko‘zoynak va bir kitob beribdi. Haligi odam hamma ko‘zoynaklarni birma-bir taqib ko‘ribdi, ammo hech narsani o‘qiy olmabdi. So‘ng sotuvchi ko‘zoynaklarning hammasi yaroqsiz ekanligini aytibdi. Sotuvchi unga ishonqiramay qarabdi. Keyin esa kitobga ko‘z tashlabdi. Qarasa, u odam kitobni teskari ushlab turgan ekan!
– Menimcha, siz o‘qishni bilmaysiz, – debdi sotuvchi.
– Ha, bilmayman, – debdi xaridor. – Men boshqalarga o‘xshab o‘qiy olishim uchun ko‘zoynak sotib olmoqchi edim. Ammo ko‘zoynaklaringizning hech biri yordam bera olmadi.
Sotuvchi xaridorning asl muammosini bilgach, o‘zini kulgudan zo‘rg‘a tutib qolibdi. So‘ng unga yaxshilab tushuntiribdi:
– Ko‘zoynak o‘qish va yozishga yordam bera olmaydi. Faqatgina yaxshiroq ko‘rishga imkon beradi, xolos. Siz avvalo, o‘qish va yozishni o‘rganishingiz lozim.
Ingliz tilidan
Tamanno Abduhalimova tarjimasi,
Sergeli tumanidagi
68-maktabning 5-sinf o‘quvchisi.