Chumoli
(hikoya)
– Mirfayz, boyadan beri chumolilarni yoningga yig‘ib olib, nima qilyapsan, – nabirasining yoniga keldi Saida buvi. – Uychani kimga yasading?
– Boya onam hovli supurayotib chumolilarning inini buzib yubordi. Ular qiynalmasin, deb chiroyli uycha yasadim. Don ham sepdim. Lekin chumolilar donga ham qaramay, o‘z inlariga talpinyapti. Onam to‘plab qo‘ygan tuproqni kovlab, uylariga eshik ochmoqchi. O‘sha zax, qorong‘i inlaridan men qurgan uy ancha yorug‘, keng. Shunday joyda mazza qilib yashayvermaydimi! Yaxshilik yoqmas ekan, bu chumolilarga, – qo‘l siltadi Firdavs yig‘lagudek bo‘lib.
Saida buvi nabirasining boshini siladi:
– Voy, o‘zimning mehribon asaltoyim. Sen chumolilardan xafa bo‘lma. Hamma ham tug‘ilib o‘sgan uyini yaxshi ko‘radi. Mana o‘zing ham amakingning ikki qavatli dang‘illama uchastkasidan, uyimizni sog‘indim, o‘zimizning uyimiz yaxshi, deb uch kunda qaytib kelding-ku! Har kim uchun o‘z Vatani yaxshi joy. Shunday ekan, sen bu mehnatkash hasharotlar ishiga aralashma. Nima qilishni ular o‘zi yaxshi biladi, – dedi Saida buvi, yangi uydagi bug‘doy donini ortmoqlab eski iniga shoshilayotgan chumolilarni kuzatarkan.
Farangiz SATTOROVA,
Buxoro viloyati Shofirkon tumani
25-maktab 9-sinf