Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Quvnoq mushukcham

O‘qishdan kelsam uyga

Yugurishib o‘ynaydi.

To‘s-to‘polon qilishda,

Bir-biridan qolmaydi.

 

Dars qilsam miyovlashib,

Ruchka, daftarim tortar.

Kitob o‘qib o‘tirsam,

Tizzamga chiqib yotar.

 

Ona mushuk ba’zida,

Tutib kelar kalamush.

Uchta mitti mushukka,

Topilar ancha yumush.

 

Issiq pechka yonida,

Yotib olar kenjasi.

Barchasi to‘q holida

Uxlab qolar kechasi.

 

Sarvinoz TULIYEVA,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

To‘rtko‘l akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.