Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kimga nima aziz

Kunlarning birida odamlar Hasan Dashtiyni sinash maqsadida undan so‘rashibdi:

– Agar Alloh: “So‘ra, bandam, – desa, nimani so‘ragan bo‘lardingiz?

– Ko‘zlarimga ko‘proq nur so‘ragan bo‘lardim, – javob qilibdi donishmand.

– Faqat shunimi? Boshqa hech narsa so‘ramasmidingiz? – hayron bo‘lishibdi odamlar.

– Baliqqa suv qanchalar kerak bo‘lsa, ilm qilish uchun menga ko‘z nuri shunchalar zarur, – debdi Hasan Dashtiy.

Ammo avom buni tushunib yetmabdi. Ular donishmandni Allohning naqadar qudratli zot ekanini bilmaslikda aybdor tarqalishibdi.

 

Hidoyat Olimova

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.