Kitob va boylik
O‘zini shaharning olli boyi hisoblaydigan katta bir ishbilarmon Hasan Dashtiyning dovrug‘ini eshitib uning kulbasiga kelibdi va debdi:
– Men sizni bunchalar faqir deb o‘ylamagan edim. Boshingizga bir kulfat tushsa harjlashga hech vaqongiz yo‘q ekan-ku. Mening boyliklarim bitmas-tuganmas. Ular har qanday xatardan sog‘-omon chiqishimni kafolatlaydi. Sizning mana bu kitoblaringiz qadriga o‘zingizdan o‘zga yetmasa kerak.
Oradan bir qancha vaqt o‘tibdi. Yurtga bosqinchilar hujum qilibdi. Boyvachchaning bor duru javohirlari ham, Hasan Dashtiyning sandiq-sandiq kitoblari ham talonchilar qo‘liga o‘tibdi. Bir kuni sobiq boy Hasan Dashtiyni uchratib qolibdi.
– Uzr, ustoz, o‘shanda katta ketganim uchun Allohning qahri keldimi, bugun qo‘limda bir miri ham qolmadi. Bosqinchilar sizning ham sandiq-sandiq kitoblaringizni dur-javohir deb o‘ylab talab ketganmish, – debdi hamdardlik izhor qilib.
Hasan Dashtiy shunday javob beribdi:
– Yaqinda Hirot shahridagi shogirdlarim xabar keltirdi. Ular talonchilar qo‘lidan mingga yaqin kitoblarimni sotib olibdilar. Yana qancha asarlarimga muxlislarim, ilm ahli talabgor bo‘layotganmish. Shu tariqa bosqinchilar o‘zlari bilmagan holda kitoblarimni Hirotdagi shogidlarimga yetkazibdi. Men buni eshitib hursand bo‘ldim... buni qarang, taqsir, oltinu zar yomon odam qo‘liga tushsa, yomonlikka ishlatilishi mumkin ekan, ammo kitoblar har joyda ezgulikka xizmat qilar ekan.
Hasan Dashtiyning bu gaplarini eshitgan boy qattiq ta’sirlanibdi. Ilm ahliga hurmati oshibdi.
Hidoyat Olimova