Mevali pirog
Kerakli mahsulotlar: 2 dona tuxum, 1 piyola shakar, 1 piyola qatiq, 5 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, yarim choy qoshiq ichimlik sodasi, keragicha un, 10 dona o‘rik. (Siz istagan mevangizdan tayyorlashingiz mumkin).
Tayyorlanishi: tuxum, shakar, qatiq, ichimlik sodasi, o‘simlik yog‘i – barchasini tog‘orachaga solib aralashtiramiz. So‘ngra unni oz-ozdan qo‘shib quyuqroq xamir tayyorlaymiz. Xamirimizni yog‘langan qolipga solamiz. Ustiga ikki pallaga bo‘lingan o‘riklarni chiroyli qilib taxlab chiqamiz. Qizib turgan gaz pechida o‘rtadan pastroq olovda 35-40 daqiqa pishirib olamiz. Bu juda oson, mazali va foydali. O‘rik o‘rniga 5-6 dona olma, qulupnay, malina, olxo‘ri mevalarini solsa ham bo‘ladi.