Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shum bola o‘zga sayyorada

(Boshi o‘tgan sonda)

Qoravoy: – Raketadan tusharkan. Venera va yer Quyoshdan deyarli bir xil miqdorda issiqlik olarkan.

Omon: – U yerda qanday yuramiz? Qanday nafas olamiz, o‘lib qolmaymizmi?

Qoravoy: – Qo‘rqma, o‘lmaymiz. U yerda maxsus kiyimda yuramiz. Chunki  tuprog‘i g‘oyat issiq, qum-toshli sahro. Ammo uning magnit maydoni deyarli yo‘q. Bemalol uchib yuraveramiz.

Omon: – (kulib) Kechir, Qoravoy, magnit deganing nima? Tushuntirib ber! Shunga tushunmadim.

Qoravoy: – “Magnit” so‘zi oddiy qilib tushuntirganda “jism”. O‘ziga tortuvchi jism. Maydon deganini tushunasan. Demak, magnit maydoni, deganda harakatlanayotgan elektr  zaryadlarga va magnit momentli jismlarga ta’sir qiladigan kuch maydoni tushuniladi. Buni Faradey degan olim ixtiro qilgan. Masalan, Yer, Quyosh singari moddiy sistemalar magnit maydoniga ega.

Omon: – Meni kechir, Qoravoy. Sen haqiqiy komandir ekansan, endi bildim. Hamma narsani o‘rganib olibsan. Men bo‘lsam...

Qoravoy: – Hechqisi yo‘q. Men sendan xafa emasman. Ishimiz tugadi. Ertaga kosmodromga jo‘naymiz. Ustozlarimiz, hatto Olim amaki ham o‘sha yerga kelishadi. Hozir uy-uyimizga ketdik, biroz dam olaylik!

 

PARDA

Birinchi parda

Ikkinchi korinish

 

Venera sayyorasi. Qoravoy bilan Omon raketadan tashqariga chiqishadi. Qattiq shamol esmoqda. Havo issiq. Qarashsa, ularni ikki ozga sayyoralik kutib turibdi.

 

Omon: – Bular bizni kutib olishyapti, shekilli?

Qoravoy: – Shunaqaga o‘xshaydi. Ularning boshi qayerda-yu, yelkasi qayerda bilib bo‘lmaydi-yu. Tanasi junlimi yoki bu ularning kiyimimi?

Omon: – Kim biladi, yelkasi bosh bo‘lsa kerak. Bo‘yi namuncha uzun, 3 metrcha-ya. Qorni o‘rnida ko‘z, og‘zi ham shu yerda ekan. Quloq, burni esa yelka degan joyda. Qo‘l-oyoqlari tepada.

Qoravoy: – Ha-ya. Oyoqlaridan kattakon qanotlar o‘sib chiqqan. Qo‘llari ham juda uzun-ku! Bittasi qo‘lida nimadir ushlab turibdi.

Omon: – Qiziq, u nima ekan?!

Qoravoy: – Keyin bilib olarmiz, hozir qo‘limizni ko‘tarib salomlashaylik-chi? (Qo‘llarini ko‘tarishdi. Sayyoraliklardan kichigi, rahbar bo‘lsa kerak, u ham qo‘llarini silkitdi, keyin ikkinchisi ham shunday qildi) Yaxshi! Uchrashuv yomon o‘tmayapti. (Shu payt qo‘lida kosamizga o‘xshagan yaltiroq idish ko‘targan sayyoralik ular tomon kelib uch marta sakrab qo‘lidagi idishni uzatdi). – Ol idishni, Omon! (Omon idishni oladi)

Rahbar: – (Baqiradi) “Mene tene seni!”.

Omon: – Bular xush kelibsizlar deyapti, chog‘i.

Qoravoy: – To‘g‘ri aytasan. Endi biz ham ular bilan salomlashib, nimadir beraylik. Raketaga kirib, Quyosh energiyasidan yonadigan va milliy qo‘shiq, kuy chaladigan planshetimizni olib chiq. (Omon tezda planshet bilan ikki dona olma olib chiqadi).

Omon: – Mana, olib chiqdim.

Qoravoy: – Yaxshi, hurmatli Venera sayyorasining vakillari! Sizlarga Yerdan salom va sizga (planshetni yoqadi, marsh musiqasi chalinadi) mana bu marsh sadosi ostida Yer sayyoramizda pishgan olmani sovg‘a qilamiz. Marhamat olinglar! (Uzatadi, o‘sha kosani olib kelgan sakrab-sakrab kelib oladi. Musiqadan hayratga tushgan sayyoralik rahbar ko‘zlarini yumib oladi. Olmani o‘sha sayyoralikka olib borib beradi. U rahmat degandek, uch marta sakraydi).

Rahbar: – “Qari, mari, tari”. (Bitta olmani tishlaydi. Ikkinchi olmani sherigiga beradi. U ham yeya boshlaydi).

Qoravoy: – Omon, axir, tarjima appa­ratimiz bor-ku. Tez olib chiq! (Omon olib chiqadi va uni ishlash rejimiga qo‘yadi). Birodarlar, biz sizlarni endi bemalol tushunamiz, siz ham bizni tushunasizlar! (Sayyoraliklar “Akromanko sando” deb baqirishadi. Tarjimon-apparat shu zahotiyoq “Olqish, sizga yerliklar”, deb tarjima qiladi). Sizlarga ham olqish! (tarjimon-apparat “Manku-saakro”, deydi. Hammaning ko‘zida quvnoq kulgi paydo bo‘ladi).

Rahbar: – Sando fiyu-su-ma (Yerliklar,  ovqatlanib dam olinglar). Manarage-sa! (Biz ketdik).

Qoravoy: – Rahmat (Offa). Ko‘rishguncha (Mantugi)! Qoyil! (Qo‘llarini ko‘tarib xayrlashadi. Ular ham qo‘llarini ko‘tarib xayrlashishadi).

 

 Ikkinchi parda

Uchinchi korinish

 

Qoravoy bilan Omon raketa ichida uxlashyapti. Birdan Qoravoy uygonib, ap­paratlarni chaqirayotganini eshitadi. Omonni uygotadi.

Qoravoy: – Yer, yer! Men Venera. Eshityapsizmi, men Venera!

Yerdan ovoz: – Eshityapman. Venera eshityapman. Nega javob bermadilaring. Bir necha oydan beri har seshanba kuni sizlarni chaqiramiz, javob yo‘q.

Qoravoy: – Nima? O‘zi kechagina kelding-ku! Faqat sayyoraliklar bilan uchrashdik, xolos. Shunga bir necha oy vaqt o‘tdimi?

Yerdan ovoz: – Ha, u yerdagi vaqt bilan bizdagi vaqt o‘rtasida juda katta farq bor. Endi aytinglar, qandaysizlar, nima ish qilyapsizlar?!

Sayyoraliklar haqidagi ma’lumotlarni bizga tezlik bilan yuboring, kutyapmiz.

Qoravoy: – Xo‘p bo‘ladi. Hozir birinchi reportajni  Omon uzatadi. Omon, tur, tez bo‘l, Yer seni kutyapti (turtib uyg‘otadi).

Omon: (uyqusirab) – Nima, qornim och, uyquga to‘yganim yo‘q. Meni tinch qo‘y! (Shu payt aloqa uziladi. Ajratilgan vaqt tugaydi).

Qoravoy: – (achchiqlanib) – Kallavaram. Aloqa uzildi. Ular endi xafa bo‘ladi, bizdan. Uxlasang, uxlayver endi.

Omon: – (o‘rnidan turarkan) – Uyquni ham beliga tepding-ku! Yaxshisi ovqatlanaylik, qornim nog‘ora chalyapti. Sening qorning ochmadimi?!

Qoravoy: – Ochdi. Ha aytgandek, Say­yoraliklar keltirgan ovqatni  yesak-chi! Ol, qani u, qayerga qo‘yding?

Omon: – Mana! (Oladi). Oldin sen yeb ko‘r.

Qoravoy: – Mayli (Olib yeydi). Mazza-ku!

Omon: – (qo‘rquv ichida ozgina olib og‘ziga soladi). – Rostdan ham shirin ekan. Qazimizga o‘xshar ekan-a, chaynagan saring mazasi chiqyapti, lekin kamaymayapti!

Qoravoy: – Ha-ya! Bu deyman, ketgunimizcha yetadiganga o‘x­shaydi. (Shu payt raketa oynasi taqillaydi. Qarashadi. Bir qiz, boyagi sayyoraliklarga hech o‘xshamaydi. Chiroyli kulib turishidan hali yosh bo‘lsa kerak. U nimadir derdi? Bilish uchun tarjima apparatini yoqib qo‘yadi.)

Qiz: – “Kalu-maxli, ora pila-sana” (Assalomu alaykum, mehmonlar).

Qoravoy: – Vaalaykum assalom! (malaku max-li).

Qiz: – Men, sizlar tarjimon va mezbon.

Qoravoy: – Voy, siz o‘zbekchani qayerdan bilasiz? Qani uyimizga  marhamat, raketa ichiga kiring!

Qiz: (kiradi) – Men sizning O‘zbekiston bo‘l­gan. Ozgina soat yashagan.

Qoravoy: – Qayerda yasha­gansiz, sizga yoqqanmi Yerimiz?

Qiz: – Qoraqum tushgan, keyin Toshkent borgan. Odam suhbat qurgan. Gul, meva olib kelgan.

Omon: – Siz necha yoshdasiz?

Qiz: – Sizlarcha besh yuz oltmish besh, bizlarcha o‘n besh  yoshda.

Qoravoy: – Siz yerga nimada uchib borgansiz?

Qiz: – Siz raketa, biz ucharqush, deydi. Ucharqush sizga ikki soat boradi,  ikki soat keladi. Siz qancha soat keldi?

Omon: – Bir oy yoki 720 soat uchib keldik.

Qiz: – Yaxshi. Ovqat qildi. Men sizlar ichimlik suv keldi. Iching (Kichkina piyoladek idishni uzatadi).

Omon: – (Qizning qo‘lidan olib piyolaga quyadi va ichadi). – Juda shirin ekan. Ananas hidiga o‘xshaydi. (Yana piyolaga quyib, Qoravoyga uzatadi).

Qoravoy: – (Ichib) Rostdan ham mazza ekan. Quy! (Ichadi). Tamom bo‘lmadimi?

Qiz: – Yo‘q. Hech tamom yo‘q. Ich, ich, har doim ich!

Qoravoy: – Hech tugamaydi-a?!

Qiz: – Tugamay, tugamay.

Omon: – Rahmat. Sizning ismingiz nima?

Qiz: – Ismim Yu.

Omon: – Men Omon. U Qoravoy.

Qiz: – Yaxshi. Meni Yu deb chaqir, men darrov kel. Xo‘p mayli?

Qoravoy: (kulib) – Xo‘p, mayli!

Qiz: – Xayr! (Raketadan chiqib uchib ketadi)

Omon: – Qara, qara juda tez ucharkan!

Qoravoy: – Rostdanmi?! (Qaraydi). Ha-ya!

Omon: – Bular o‘zi kim? Qushmi, hayvonmi yo odam?

Qoravoy: – Gapirishyapti, fikrlashyapti, de­mak, odam.

Omon: – Odam ham kallasida sakrab yuradimi, uchadimi?

Qoravoy: – Kim biladi? O‘zgacha say­yoralardagi jonzotlar har xil qiyofada, har-xil yo‘sinda bo‘lishi mumkin-ku!

Omon: – Bilmadim-u, lekin bu yerdagi issiq haroratga chidash boshqalar uchun azob-uqubat bo‘lsa kerak.

Qoravoy: – To‘g‘ri aytasan, agar maxsus kiyimimiz bo‘lmaganda erib ketarmidik?

Omon: – Hozir termometrning ko‘r­satishicha issiq 76  gradus ekan. (Qaraydi).

Qoravoy: – Voy-bo‘! Unda qishda nima bo‘larkan. Yo bu yerda qish bo‘lmasmikin?

Omon: – Bilmadim. Bu haqda bosh qotirmaylik, qishgacha bu yerda  qolmaymiz-ku.

Qoravoy: – To‘g‘ri. Yaxshisi kel, qorinni to‘yg‘azaylik. Yeyishga nimamiz bor? Ular bergan o‘sha tilla idishdagi ovqat bilan ular olib kelgan suvmi?

Omon: – Ha! Boshqa narsalarimiz, mevalarimiz ham, ovqatlarimiz ham allaqachon qurib, burishib, uqalanib ketdi. Suvimiz esa issiqdan bug‘lanib  tugadi.

Qoravoy: – Unda ularning ovqatini ol, keyin Yu keltirgan sharbatdan ichamiz.

(Shu payt raketa eshigini kimdir taqillatadi. Omon eshikni ochadi. Eshik oldida kulib Yu turardi)

Qiz: (kulib) – Nega chaqirdi? Qanaqa ish bor! Ayt, qiladi.

Omon: (kulib) – Yu senmisan, kir, kir! (Qiz kiradi).

Qoravoy: – Kel, Yu. Yaxshimisan. Tinchlikmi, nega kelding?

Qiz: – Tinch. Sen chaqir, men kel.

Qoravoy: – Qachon?

Qiz: – Hozir.

Omon: – Ha, endi tushundim. Uning ismini aytdik-ku, Qoravoy. To‘g‘ri. Mayli, kel, birga ovqatlanamiz.

Qiz: – Ovqat? Hozir! (Raketa eshigini ochadi va “Sin-ba-la-ro”, deydi. (Shu zahoti qo‘liga ikki dona bizning qurtga o‘xshagan dumaloq narsa kelib tushadi). – Ma, ye, bitta sen Qoravoy, – bitta sen Omon (Beradi), ye, ye! Men hozir keladi, qiz chiqib ketadi).

Omon: – Ominmas, men Omonman, ey qiz! (Yuning qo‘lidan olgan qurtni og‘ziga soladi). Allaqanday ovqat ekan. Shimib mazza qilaverarkansan. Tamom bo‘lmaydigan taom ekan.

Qoravoy: – (Qurtni og‘ziga soladi) – Ha-ya! Rosa shirin ekan. Rahmat unga. Biz ham unga biror narsa sovg‘a qilsak yaxshi bo‘lardi. (O‘ylab turib) tarjimon-apparatni qoldiramizmi?

Omon: – Menimcha, planshetimizni qol­diraylik. Ular yer sayyorasining qo‘shiq va kuylarini eshitib mazza qilishsin.

Qoravoy: – To‘g‘ri. Qiz kelganda pri­planshetni ularga sovg‘a qilamiz.

 

                   PARDA

              Ikkinchi parda

           Tortinchi korinish

Qoravoy bilan Omon raketaning ichida otirganda devday sayyoralik kirib, ikkalasini kotarib olib chiqib ketadi. Gorga oxshash angarga olib borib, boglab qoyadi. Ozi boshligiga nimalardir deb, chiqib ketadi. Boshliq ornidan turib, bolalar yoniga keladi. Shu payt devday maxluq planshet bilan tarjimon apparatni keltiradi.

Boshliq: – Lan-ti arua (Kimsizlar)?

Qoravoy: – Biz, yerliklar, ya’ni Yer sayyorasining farzandlarimiz!

Boshliq: – Xlusba na-er (Farzand deganing nima)?

Qoravoy: – Ota-onadan tug‘ilgan odam degani. Yerdagi odam.

Boshliq: – Mat-la-hau (Yaxshi). Kapna bo-su-ya? (Nega keldilaring)?

Qoravoy: – Mehmonga!

Boshliq: – Mnsau (Yolg‘on). Nari ban-tu (Bizlarni o‘ldirishga kelgansanlar)!

Omon: – Jinnimisan?! Seni o‘ldirib nima qilamiz?

Boshliq: – Tu-nu-bu (Mening yaltiroq narsalarimni olib ketasanlar).

Qoravoy: – Yo‘q. Bunday tilla, kumushlar Yerimizda ham ko‘p.

Boshliq: – Ma-tu kar-sala (Shundaymi, unda zerikyapman, menga bitta qo‘shiq aytib ber, yerlik).

Omon: – Mayli, aytib beraman, eshit:

Oftob chiqdi olamga,

Yugurib bordim xolamga.

Xola, xola kulcha ber,

Xolam dedi: “O‘tin ter”,

O‘tin terdim bir quchoq,

Non yopdi o‘choq-o‘choq.

 

Boshliq: – Mat-la-hau (Yaxshi)! Su-na-la (U menga xizmatkor bo‘ladi)! Skunifa?  (Sen ham bilasanmi)?

Qoravoy: – Bilaman.

Boshliq: – Os-lu-ba (Unda ayt)!

Qoravoy: – (Ovozini baland qilib)

 

Chuchvara qaynaydi-yo,

Qozonda o‘ynaydi-yo.

O‘ynasa o‘ynasin-ey,

Qaynasa qaynasin-ey.

Do‘stlar mehmon bo‘lsin-ey,

Dushman kuyib o‘lsin-ey. (Yana Yu)

 

Boshliq: – Ah-sa-nu-ba i-si-ku-lan-eli. (Dushman o‘lsin). Uni o‘ldiringlar! (Qoravoyni o‘ldirmoqchi bo‘lganda Yu uchib keladi. Devday sayyoralik maxluq bilan Yu o‘rtasida jang bo‘ladi. U Yuning bir qo‘lini yulib oladi. Yu dodlab uchib ketadi. Va bir zum o‘tmay ikkita kosada ovqat keltirgan sayyoralik bilan rahbar uchib kelishadi va devday sayyoralik va uning boshlig‘i ustidan  g‘olib chiqishadi. Ularni bog‘lab olib ketishadi).

Omon: – Endi nima qilamiz. Qizning ahvoli qalay ekan?

Qoravoy: – Bilmadim. Yaxshi bo‘lmadi. Ular bizni qutqarishdi, bo‘lmasa, anavi devday sayyoralik boshlig‘ining buyrug‘i bilan meni o‘ldirishardi.

Omon: – Qara-ya, bu say­yorada ham yomon odamlar bor ekan-a?!

Qoravoy: – Bular biz­ning tilimizda aytganda – terrorchilar. Odam o‘ldirib, boyish ularning maqsadi. Shuning uchun ular kelishgan. Xayriyatki, Yu bilib  qoldi...

 

(Davomi keyingi sonda)

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.