Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tirbandlik

“Suv sathi sabab qayiq yo‘nalishini o‘zgartira olgani kabi, inson birgina qarori bilan manzilini belgilaydi”.

 

Naziraning bugungi kuni kutil­ma­gan xabarlar, takliflar bilan boshlandi. Madaniyat markazidagi ustozi qo‘ng‘i­roq qilib, yoshlar oyligi doirasida o‘tka­zilishi kutilayotgan konsert dasturiga bosh­lovchilikka taklif qildi. Boshlovchilik, su­xandonlik Naziraning qiziqishlari qato­rida kasbiga ham aylanib ulgurgan edi. U ustoziga yo‘q deyolmadi. Endi ko‘ziga muammolar ko‘rina boshladi. Xayolidan onasining noroziligi, topshirib ketgan uy yumushlari, tadbirga kiyishi uchun bejirim libos, soch turmagi birma-bir o‘taverardi. Axir boshlovchi o‘zgachaligi bilan ham atrofdagilar e’tiborini jalb qila olishi kerak. Sahna go‘zallik talab qiladi. Nazira bir muddat o‘yga toldi-yu, hammasi yaxshi bo‘ladi, deya o‘zini tetik tutib, shosha-pisha ishlarini qildi. Onasidan ham bir amallab rozilik oldi. Endi uning qiladigan ishi – ko‘ylak tanlash edi. U turgan xonadagi ikki quloqli soat tinmay chiqillar, Naziraning ko‘nglini esa besabr xavotir qurshab olgandi. Negaki, unga berilgan vaqt poyoniga yetayotgandi. Nahot­ki ustozimdan tanbeh eshit­sam, ulguramanmi? Soat chi­qillab uni battar sho­shirardi. Bu orada us­tozi qo‘ng‘iroq qilishni bosh­ladi. Yo‘lga otlangan qiz telefonni ko‘tarishga xijolat bo‘ldi. Bekatda avto­bus yo‘q. Aksiga olib to‘xtatgan mashinasi ham yo‘l yarmida o‘chib qoldi. Noiloj boshqa ma­shina to‘xtatdi. Te­le­foniga to‘xtovsiz kelayotgan qo‘ng‘iroq va mashinalarning tir­bandligi qiz becho­raning sabri bilan o‘y­na­shayotgandek. Qo‘ng‘iroqqa esa javob be­rish­ga qo‘rqdi. Axir ustozi ayt­gan vaqt allaqachon tugab bo‘lgan edi-da. Nazira tadbirga yig‘ilganlarning, ustozining asabiylashayotganini ko‘z oldiga keltirib, siqilardi. “Onam ham, soat ham, mashinalar ham tish-tirnog‘i bilan menga qarshilik qildi”. O‘zini ayblashda davom etar ekan, ko‘zidan yosh yumaladi. Telefoniga takror qo‘ng‘iroq bo‘ldi, u ko‘tarishni xohlamadi. Nihoyat, mashina to‘xtadi. Nazira tomoshalar zaliga kirar ekan, ustozini ko‘rib, qadamini sekinlatdi:

– Ustoz kechiring! Endi umuman kech qolmayman, – dedi hiqillab.

– Nega yig‘laysan? Tadbir vaqti o‘zgardi, kech soat 5 da boshlanadi, shoshilmay kelaver, demoqchi edim. Sen esa telefonni ko‘tarmading,  – dedi ustoz.

Bu gaplarni eshitgan Nazira yig‘idan o‘zini to‘xtata olmadi. Uning xatosi – ustozining tanbehlaridan qochib, telefonni ko‘tarmagani edi. Qizaloqning yuragi hapqirishdan to‘xtadi, yuziga tabassum yugurdi. Konsert dasturi bilan tanishishga tushdi.

 

Nozima ULUG‘OVA,

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat  instituti Nukus filiali talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.