Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Ustozga taʼzim” boshqotirmasi

KROSSVORD Zanjir holida: 1. Birinchi oʻzbek professori, yozuvchi, olim. 2. Gerodot asos solgan fan. 3. Algebra fani asoschisi, oʻrta asr olimi. 4. Bilim olish. 5. Oʻzbek adabiyotining atoqli olimi. 8. Yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar yozib qoldirgan maʼrifatparvar. 9. “Olti tilli lugʻat” tuzgan namanganlik tilshunos olim. 10. Bilim berish, malaka hosil qilish jarayoni. 15. Atoqli oʻzbek faylasuf olimi. 16. Shoir, Oʻzbekiston Qahramoni. 17. Husayn Boyqaro saroyida muallimlik qilgan adib, “Nodir voqealar” asari muallifi. 25. Ijod ahli ustoz deb biluvchi oʻzbek shoiri, mutaffakkir. 26. Mumtoz ashula va maqomlar ijrochisi, Oʻzbekiston xalq artisti. 27. Eng birinchi darslik.

Eniga: Insonning fikrlash qobiliyati. 11. Soʻzlashuv vositasi. 14. Maqoldan: Koʻz bor – koʻrmoq uchun,... bor – bilmoq uchun. 19. Ziyo. 20. Maʼrifat homiysi, “Turkiy guliston yoxud axloq” asari muallifi. 23. Arab alifbosidagi harf. 24. Kishilik olmoshi. 28. Qatʼiy soʻz, qaror.

Boʻyiga: 7. Oʻz nomi bilan ataluvchi tasavvufiy tariqot targʻibotchisi. 12. Alifbomizda qoʻllanilayotgan yozuv. 13. Shoiralarga ustozlik qilgan oʻzbek gʻazalnavis shoirasi. 21. Axloq oʻrgatiladigan fan. 29. Onalar obrazini gavdalantirgan sanʼatkor, Oʻzbekiston xalq artisti. 30. Buxorolik ustoz, zardoʻz ayol, Oʻzbekiston Qahramoni. 31. Teatr va kino sanʼatkori, Oʻzbekiston xalq artisti.

Dioganal boʻyicha oʻngga: 18. Taniqli muhandis. 22. Xamsachilikka asos solgan Ozarbayjon shoiri. 30. Imtihon turi.

Dioganal boʻyicha chapga: 18. Qomusiy alloma, birinchi globus ixtirochisi boʻlgan vatandoshimiz. 22. Abu Ali ibn Sinoga ilk saboq bergan ustoz, zamonasining bilimdoni. 31. Bilim va mehnatdan erishiladigan mamnunlik, saodat.

 

Foziljon ORIPOV tuzdi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.