Amir Temur – adolatli hukmdor
Maktabimizda buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur – adolatli hukmdor” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda Amir Temurning adolat, odob, axloq, tarix, siyosatshunoslik, vatanparvarlik mezonlarini yuqori cho‘qqiga ko‘tarib, insoniyat tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk shaxs ekani haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Adabiy kechada yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyati aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Buyuk bobomiz tuzuklari, ul zot haqidagi she’rlar yangradi.
Tadbirda o‘qituvchi va o‘quvchilardan tashqari, mahalla faollari, ota-onalar ham ishtirok etdi. O‘ylaymizki, ushbu xotira kechasi ishtirokchilar qalbida buyuk sarkardamiz Amir Temur kabi mard, jasur va adolatli bobomizga munosib avlod bo‘lish hissini uyg‘otdi.
Latofat YUSUPOVA,
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 236-maktab o‘qituvchisi