Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yoʻlimdagi yaxshilar

Gullar shahri Namanganning Mingbuloq tumanidagi 13-maktabda qariyb 40 yil ingliz va nemis tilidan saboq bergan, ayni kunda ushbu bilim maskanida ijodiy targ‘ibotchi bo‘lib ishlayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mu­rabbiy, “Do‘stlik” ordeni sohibasi, Xalq ta’limi a’lochisi Rahimaxon Jo‘rayevaning yangi kitobi shunday nomlangan. Ilm kishisi o‘zidan nur, yog‘du taratuvchi chiroqqa o‘xshatiladi. Ruhiyat muhandisi bo‘lgan o‘qituvchilar ilm nuri bilan o‘quvchilar olamini yoritadi. Ularni bilimlar saltanatiga yetaklaydi. Boz ustiga u ijodkor ham bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur.

Rahima opa ana shunday ijodkor pedagog. Ustoz istiqlol yaratgan imkoniyatlar tufayli Ya­poniya, Germaniya, Koreya, Chexiya, Fran­si­ya singari 20 ga yaqin xorijiy davlatlarda bo‘lib, ular tajribasini o‘rgangan, kasbiy ma­la­ka­sini oshirgan.

Yaqinda Mingbuloq tumanidagi 2-musiqa maktabida ijodkor-us­toz­ning “Yo‘limdagi yax­shilar”, “Ta’lim – taq­dirim” deb nomlangan ki­tob­lari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyot ix­los­mandlari, ustoz va o‘qi­tuvchilar ishtirok etishdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyush­masi Namangan vi­lo­yati bo‘limi raisi Ziyovuddin Mansur, Turon xalq yozuvchisi Boqiy Mirzo, Respublika jur­nalistlar ijodiy uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi rahbari Nosirjon Dehqonov, tumanda chiqadigan “Mingbuloq” gazetasi muharriri Qosimjon Akbarov, Respublika MM markazi viloyat bo‘limi rahbari Mu­sa­xon Apa­qov, shoira Gul­ja­mol Asqarova va boshqalar so‘z­ga chiqib, kitob­dagi qat­ralar, hayotiy vo­qealar, hayot yo‘lidagi yax­shilar ibrati o‘quv­chini chuqur mu­­­sho­­­ha­daga chor­lashi bilan kat­­­ta ahami­yat­­ga egaligini ta’kid­ladilar. Mu­si­qa maktabi o‘quv­chilari ijro etgan qo‘shiq va raqslar esa taqdimotga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.

Kitobdagi qatralardan birida shunday satrlar bor. “Biz o‘z hayo­timiz davomida nimaga ishonsak va nimani kutsak shu yo‘lda harakat qilamiz va erishamiz... Omadga ishonsangiz, uni yaratasiz. Baxtni kutsangiz, u siz tomon yo‘lga chiqadi”.

Darhaqiqat, Rahima Jo‘rayeva hayotda ha­misha ezgu tilaklar bilan yashagan, yaxshi niyat qilib, baxt va omadga erishgan chin ma’nodagi inson, fidoyi ustoz. O‘g‘illari dunyolarga bo‘ylashib xizmat qilishmoqda. U bilim bergan, tar­bi­yalagan yoshlar, iqtidorli shogirdlar hozirda mamlakat ravnaqi uchun xalq xo‘jaligining turli sohalarida xizmat qilishmoqda.

Yangi kitob muborak bo‘lsin, ustoz!

                         

Mahmuda VALIYEVA,

Xalq ta’limi a’lochisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.