Ana iqtidor-u mana iste’dod
Yaqinda “Los Anjeles Times” nashrida e’lon qilingan xabar ko‘pchilik o‘smirlarning havasini keltirdi. Nega deysizmi? Negaki kaliforiyalik 14 yoshli Kayran Kuazi texnika qiroli Ilon Maskka qarashli Spake X kompaniyasi ishga taklif qilingani uchun-da.
Tengdoshingiz Kayran Kuazi Santa Klara universitetining muhandislik maktabini tugatgach, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va kosmik kemalar bilan shug‘ullanuvchi ushbu kompaniyada dasturiy ta’minot muhandisi lavozimida ish boshlaydi.
Kuazi – vunderkind. U o‘zining erta rivojlangan intellektual qobiliyati bilan dunyoga mashhur bo‘lib, ikki yoshidayoq fikrini so‘zlar yordamida aniq tushuntira olgan. To‘qqiz yoshida, ya’ni maktabning uchinchi sinfini tugatishi bilan kollejga qabul qilingan. Hech qancha o‘tmay kollejning eng a’lochi o‘quvchisiga aylangan. Kuazi kelajakda Space X (kosmik texnikalarni ishlab chiqaruvchi kompaniya)da Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini ishlab chiquvchi jamoa bilan hamkorlik qilmoqchi. Yoz tunlari osmonga tikilib yotganingizda, qator bo‘lib uchib ketayotgan yulduzlarga ko‘zingiz tushsa, bilingki, bu sayyohlar yulduz emas. Ular o‘sha Ilon Maskning e’tiboriga tushgan topqir Kuazi yaratayotgan sun’iy yo‘ldoshlar marjoni. Ha aytmoqchi, Kuazi a’lo o‘qish bilan birga fantastik kitoblarni ham mazza qilib o‘qiydi. Balki shuning uchun ham...
Aql yoshda emas, boshda deganlari shu bo‘lsa kerak-da!