Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Aziz Yoqubov

Aziz Yoqubov 1932-yil 15-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Mehnat faoliyatini 1958-yilda O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish qo‘mitasining bolalar va o‘smirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida boshlagan. 1968-yil Toshkent pedagogika institutiga o‘qishga kirgan. Shu yili O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga a’zo bo‘lgan. “Kichkina doktor”, “Fotimaning quvonchi”, “Guli degan qiz”,  “Bolajon bobo hikoyatlari”,  “Shunaqasi ham bo‘­lar­kan”  nomli kitoblari chop etildi.

1983-yil radioda ishlayotgan yosh xodimlar murabbiysi etib saylandi.

1984-yil teleradiokompaniya bo‘yicha mehnat faxriylari ken­gashining raisi etib saylandi.

40 yillik radiodagi meh­nat faoliyatidan so‘ng, 1994-yil O‘zbekiston teleradio­kom­pa­niyasida ish boshladi va bu yerda 20 yil faoliyat yuritdi. Aziz aka hozir ham jamoaning aziz a’zosi. Har sohada  faol, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ustoz shogirdlari ahvolidan doim xabardor.

Keyinchalik taniqli jurnalistning “Bolajon bobo hikmatlari” deb nomlangan kitobi chop etildi.

Aziz Yoqubov xalqimizning sevimli jurnalistari — Nasiba Ibragimova, Dilkash Karimova, Aqida Fozilova, Nazira Shayxova, Mashhura Rizamuhammedova, Nasiba Maqsudova, Mirzohid Rahimov, Abdurahmon Akbar, Fatxulla Maqsudov, Mavlon Toshxo‘jayev, Dilfuza G‘ulomovalarning ustozi sanaladi.

Butun umrini bolalar taqdiri va ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan ulug‘ pedagoglardan biri “Qalbimni bolalarga bag‘ishladim”, deb iftixor qiladi.

Aziz Yoqubov 1990-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni bilan taqdirlangan.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.