Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Barkamol avlod bolalari

Qadrli muxlislar, siz o‘quvchilarning bo‘sh vaqtingiz foydali va mazmunli o‘tishida yurtimizdagi “Barkamol avlod” maktablarining o‘rni beqiyos. Bugungi kunda O‘zbekistonda barcha viloyat va tumanlar bo‘yicha 219 ta  “Barkamol avlod” maktablari ishlab turibdi. Ularda 10612 ta to‘garaklar mavjud bo‘lib, 312463 nafar o‘quvchilar jalb etilgan. 79 turdagi to‘garaklarda hunarmandchilik, robototexnika, raqs, vokal,  sport, xorijiy tillar va fan, turizm va ekologiya, amaliy san’at, informatika kabi o‘nlab yo‘nalishlar mavjud.

Yaqindagina muxbirimiz Toshkent shahar Shayxontohur tumani  “Barkamol avlod” bolalar maktabida “O‘quvchilar kuzgi ta’tilni qanday o‘tkazishmoqda” mavzusida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi.  Sahifadagi fotosuratlarni ko‘ryapsizmi? Ularda aynan shu maktab bolalarining faoliyati aks etgan.

Siz-chi aziz o‘quvchilar, maktabdan, uy vazifalaridan tashqari bo‘sh vaqtingizni qaysi to‘garaklarda o‘tkazyapsiz? Shular haqida bizga yozib yuboring, fotosuratlarni ham unutmang!

 

O‘z muxbirimiz

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.