Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bilim ortidan 19 ta davlatga

Shahrizoda Isomiddinova Amity University Tashkentning axborot texnologiyalari yo‘nalishini bitirgan. U 4 yillik o‘qishi davomida 19 ta davlatga turli grantlar yutib olib, o‘qishga borishga muvaffaq bo‘lgan. “Bunda dadamning qo‘llab-quvvatlashi juda katta ahamiyatga ega” — deydi Shahrizoda.

O‘qishni bitirishi bilanoq uni “Huawei” kompaniyasiga ishga taklif qilishdi,  hozirda  ushbu kompaniyada faoliyat yuritmoqda.

Shahrizoda oiladagi 3 qiz farzandning to‘ng‘ichi. Shahrizodaning singlisi Amerikadagi Arizona univer­sitetida iqtisod va marketing yo‘nalishida to‘liq grant asosida tahsil olmoqda. Otasi qizlarining ta’limi uchun alohida kuch va mehrini ayamaydi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.