Dubayga bepul sayohat
Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabi asoschisi Sardor Bozorboyev bir necha yillardan buyon turli viloyatlarning mahalliy hokimliklari bilan hamkorlikda Olimpiadalar tashkil qilib kelmoqda. Jumladan, G‘ijduvon tuman hokimligi bilan tashkil etilgan matematika olimpiadasida hokim Sherzod Ashurov Buxoro bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchining ota-onasiga Dubayga bepul sayohat qilish imkoniyatini taqdim etmoqchi.
To‘g‘risi, G‘ijduvon tumani hokimi bolalarni ilm olishga rag‘batlantirishda birinchi raqamli rahbarlardan.
2022-yilda G‘ijduvon hokimligi eng faol maktab direktorlariga xorijga bepul sayohat yo‘llanmasini bergan edi. Bundan tashqari ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilarga O‘zbekiston viloyatlariga bepul sayohatlar, bepul repetitorlar – hammasi shu tumanda amalga oshirilayotgani tahsinga sazovor.
Sherzod Ashurovday ta’limga befarq bo‘lmagan fidoyi hokimlarimiz safi kengayaversin.