Bolaga kitob bering
“Kitob o‘qiydigan bola vaqti kelib qo‘lidan telefon tushmaydigan ko‘plab bolalarni boshqaradi”, deb bejizga aytishmaydi. Bu ibora davrlar o‘tsa-da o‘z isbotini topaveradi.
Albatta, bolalarni mutolaaga qiziqtirishda kitobxonlikni targ‘ib qilishning ahamiyati katta. Shu maqsadda Navoiy viloyati Konimex tumani Axborot-kutubxona markazida “Bolaga kitob bering” mavzusida bilimdonlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ustozlar mutolaaning ahamiyati, adabiyotning inson hayotidagi muhim o‘rni haqida so‘zladilar. O‘quvchilar 3 shart asosida bellashdilar. Bunda o‘zbek va jahon xalq ertaklari bo‘yicha savol-javoblar, quloqchin orqali so‘z o‘yini hamda shashka bellashuvi bo‘lib o‘tdi. “Zukkolar” va “Quvnoqlar” guruhlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsda “Quvnoqlar” guruhi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoaga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Shoira BOZOROVA,
Konimex tumani AKM axborot-bibliografiya
xizmati rahbari