Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Buyuk orzular sari...

Bolalikdan juda qiziquvchan bo‘lganman. Kitob o‘qish va she’rlar mashq qilishdan zavqla­nardim. Izlanishlarim, ota-onamning menga bo‘lgan ishonchi, ustozlarimning berayotgan saboqlari, do‘stlarimning qo‘llab-quvvatlashi na­ti­jasida qator yutuqlarga erishdim. Ogahiy stipendiyasi sohibasiman. She’rlarim “Tong yulduzi”, “Yoshlar ovozi”, “Gulxan”, “G‘un­cha” kabi markaziy gazeta-jurnallarda, “Xiva tongi”, “Ezgu so‘z” viloyat gazetalarida, “Inja san’at”, “Ma’rifat yog‘dusi” saytlarida, “Ijod bo­g‘idan guldasta”, “Yoshlik mavjlari”, “Ijod bo‘stoni” respublika to‘plamlarida, Amerika va Turkiya antologiyalarida chop qilingan.

Ustozim Ogahiyshunos olima Madina Matyoqubova yordamida ilmiy maqolalar ham yozaman. Maqolalarim “XXI obrazovaniye nauka”, “The 21st century Skills for Professional Activity” kabi xalqaro to‘p­­lamlarda chop etil­gan. Xalqaro kon­ferensiyalarda volontyor va delegat sifatida qat­nashib kelmoqdaman. Kelajakdagi eng katta orzum ota-onam yuzini yorug‘ qilib, Vatanim koriga ya­rov­chi farzand bo‘lib yetishish.

 

 Ziyoda SAPARBOYEVA,

Xiva shahridagi  Ogahiy nomli

ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.