Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mening bobom

Mening bobom – shifokor. Hozir nafaqadalar. Shunga qaramay, hanuz mahalla-ko‘y xizmatida. Biz ta’tilda har doim oilamiz bilan qishloqqa bobomlarni ko‘rishga borganimizda, ularni uydan topib bo‘lmaydi. Ayni vaqtda Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi “Dog‘is­ton” MFY raisi. Bobom hamisha mahalla-ko‘y ishlari bilan band. Mahalla ahli o‘z muammolarini hal qilishda ko‘mak so‘rab, ba’zan bevaqt bo‘lsa ham kechqurunlari uylariga kelishadi. Bobom ularni xush­kayfiyat bilan qarshilaydilar va ertasi kuni muammolarni hal qilishga kirishadilar. Dadam esa har safar bobomlarga, endi ishlamasliklarini, uyda, choyxonada yoki do‘stlari davrasida keksalik gashtini surib, dam olishlarini iltimos qiladilar. Lekin bobom: “Bolam, men hali mahallamga, xalqimga kerakman”, – deydilar.

Men o‘zimni bobomning eng sevimli nabirasiman, deb o‘ylayman. Chunki bobom o‘z onalarining ismini Rislig‘oy deb menga qo‘yganlar. Shuning uchun ular meni erkalatib, “Ona qizim, ena qizim” deydilar. Kelajakda men ham xuddi bobom singari zo‘r shifokor bo‘lmoqchiman.

 

Rislig‘oy MUHAMMADJONOVA,

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi

296-maktabning 6-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.