Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Til bilgan – el biladi

Maktab. Barcha bolalar o‘zlari uchun belgilab qo‘yilgan joyda tizilib turishibdi. Ular dars boshlanishini intiqlik bilan ku­tishmoqda. Ba’zi bolalar endi kelyapti. Ba’zilar esa maktabga bir soat yoki undan ham oldin kelishadi. Nega ular maktabga bunaqa erta keladi, tushunish qiyin.

Shu kuni men ham safda sinfdoshim Mu­hammadyusuf bilan gaplashib turgandim. Bir payt qop-qora, bo‘yi baland, sochlari o‘rilgan yigit biz tomonga kela boshladi. “Afrikalik bo‘lsa kerak”, deb o‘yladim ichimda. Adash­magan ekanman. U bizdan chamasi 2-3 metr narida to‘xtadi. Me­nimcha, yigit kimnidir kutardi. Muhammadyusuf uning yoniga borib: “Hello” – dedi. Afrikalik ham unga qarab: “Hello”, – dedi. Do‘stim va afrikalik yigit biroz gaplashishdi. Keyin men o‘ylaganday uning do‘sti keldi. U ham qora tanli, keng yelkali, ko‘k ko‘z, bo‘yi esa Muhamednikidan xiyla pastroq bo‘lgan afrikalik edi. Birinchi ko‘rgan yigitning ismi Muhamed ekanligini do‘stim bilan bo‘lgan suhbatdan bilib oldim. Men ham hozirgina kelgan afrikalikka bir nechta savol berdim. Suhbatimizdan shu narsa ayon bo‘ldi-ki, ular afrikalik akrobatlar ekan. Ular bizga sirkka kirish uchun bepul chipta ham berishdi.

Dars qo‘ng‘irog‘i chalinib, sinfga kirar ekanmiz, xayolimdan bir narsa o‘tdi:

“Til bilgan – el biladi!”

 

Rustamjon DAVLATALIYEV,

Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi 3-maktabning 7-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.