Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sahna – ibrat maktabi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 157-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nigora Qayumova tashkil etgan “Drama” to‘garagi mana to‘rt yildirki o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. To‘garakning maqsadi maktabdagi adabiyot va san’atga qiziqqan iste’dodli o‘quvchilarni bir yerga jamlab, ularga sahna madaniyati, nutqni ravon qilish, g‘azal va she’rlarni ifodali o‘qish, so‘z boyligi ustida ishlash kabi badiiy san’atning o‘ziga xos qirralarini shakllantirish edi. Ustozi rahbarligida yozuvchi G‘.G‘ulomning “Shum bola”, X.To‘xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Navoiyning bolaligi”, kabi qator asarlardan parchalarni sahnalashtirgan o‘quvchilar maktabdagi barcha bayram va tadbirlarda ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqdalar. O‘tgan yili to‘garak a’zosi, 8-“A” sinf o‘quvchisi Shahzoda Komilova “Yosh kitobxon ovozi” ko‘rik-tanlovida “Eng go‘zal ovoz sohibasi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

“Drama” to‘garagining ijodiy ishlariga parvoz tilaymiz.

Z.HASANOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.