Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dillar shodlikka to‘ldi

Oltin fasl tarovati, birinchi qo‘ng‘iroq  zavqi bir olam sog‘inch bilan jonajon maktabga oshiqayotgan o‘g‘il-qizla­rimizning quvonchi bilan  yanada maroqli.

Poytaxtimizning Uchtepa  tumanidagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 199-sonli davlat  ta’lim maktabi ham mazkur o‘quv yilida 330 nafar bolani o‘z bag‘riga oldi.

Ko‘p yillik boy tajribaga ega, mahoratli pedagog Nargiza Saydazimova rahbarligidagi to‘qsondan ziyod ustoz va tarbiyachilar faoliyat olib borayotgan ushbu bilim maskaniga yangi o‘quv yilida 40 nafar   o‘g‘il-qiz oppoq orzular bilan  ilk qadam qo‘ydi.

An’anaga ko‘ra, maktab ma’muriyati tomonidan yangi o‘quv yilining ilk kunlarida uyda ta’lim oluvchi ellik nafar o‘quvchidan xabar olindi.

Muhabbat  ABDUQODIROVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.